×

Singapur: PhD bosqichida o’qish uchun to’liq grant va oylik 3 000 Sungapur dollari stipendiya; safar xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

13.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

1783 marta

Singapurdagi National University of Singapore (NUS) oliygohi 2020 – yil yanvarda boshlanadigan PhD kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan tadqiqotchilarga President’s Graduate Fellowship grant dasturini e’lon qiladi. Dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, moddiy jihatdan rag’batlantirishdir.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Talaba oliygohda bepul o’qish imkoniga ega bo’ladi.
  • G’olibga oyiga 3 000 Singapur dollari (taxminan 2 181 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Singapurga borish uchun aviachipta olib beriladi (bir tomonga, 750 Singapur dollarigacha bo’lgan qiymatda).
  • Chet ellik tadqiqotchilarga ko’chib o’tish uchun 1 000 Singapur dollari miqdoridagi bir martalik mablag’ ajratiladi.
  • Grantlar dastlab 1 o’quv yili uchun berilib, grant talablari bajarilganida keyingi semestrlarga ham uzaytirilishi mumkin. grantning umumiy davomiyligi PhD tadqiqotchilari uchun 4 yil.

NUS oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod magistr darajasiga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzodning bakalavr diplomi Second Class Honours (2:1) / Honours (1:1)  bo’lishi kerak.
  4. Nomzod NUS`ning PhD (research) kurslaridan biriga (kunduzgi tartibda) qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  5. Nomzod NUS`ning PhD (research) talablariga javob berishi kerak.
  6. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  8. Yetakchi va jamoatchilik ishlarida faol bo’lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun universitetning PhD (research) kurslaridan biriga hujjat topshirishi va arizasida shu dasturga bo’lgan qiziqishini belgilashi yetarli bo’ladi. Buning uchun nomzod 2019-yil 13-sentabrga qadar onlayn arizani taqdim qilishi va arizaning qog’oz shaklidagi nusxasini imzolangan holda barcha kerakli hujjatlar bilan birgalikda quyidagi manzilga pochta/kuryer orqali yuborishlari talab etiladi:

National University Of Singapore
1 Arts Link, As2 Level 6
Singapore 117570
(Graduate Research Programme Administrator)

Grant dasturida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlarga hujjatlarini imkon qadar ertaroq topshirishlari tavsiya etiladi.

Natijalar (2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun) 2019-yil oktabr oyida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr,magistrlik diplomlari nusxasi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. Tadqiqot rejasi (1 000-2 000 so’zdan iborat).
  5. Arizani ko’rib chiqish to’lovi (50 Singapur dollari miqdorida).
  6. 2 ta tavsiyanoma (ariza topshirilganidan so’ng uzog’I bilan 14 kun ichida taqdim etilishi kerak).
  7. GRE/GMAT sertifikati.
  8. Til sertifikatlari (IELTS 6.0 va undan baland).

Taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi. Shu sababli hujjatlaringizning notarial tasdiqlangan nusxasini yuboring. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ariza topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumotni bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!