×

SJTU Scholarships: Xitoyda ingliz, fransuz yoki xitoy tilida bakalavrait bosqichida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

15.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

3079 marta

Shanxayning Shanghai Jiao Tong University (SJTU) oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchi nomzodlarga har yili SJTU Scholarships grantlarini taklif qiladi. Grantlar bakalavr bosqichining xitoy, ingliz va fransuz tilida olib boriladigan kurslarida olib boriladigan barcha kurslar uchun taklif etiladi va nomzodning koʻrsatkichlari asosida taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet taklif etadigan grant turlari qaysi tilda oʻqilishiga qarab turlichadir. Shuningdek, nomzodning koʻrsatkichiga qarab grant miqdori ham turlicha. Quyida taʼlim tili va nomzod koʻrsatkichiga qarab beriladigan grant miqdorlarini keltirib oʻtamiz.

Ingliz va fransuz tilidagi dasturlar uchun topshirgan nomzodlar 4 yillik bakalavr kursi davomida quyidagi grantlardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:

1. First-Class Scholarship:

  • o’qish to’lovi 100 foiz qoplanadi
  • yashash xarajatlari uchun oyiga 2500 CNY (taxminan 388 AQSh dollar) stipendiya ajratiladi
  • turar joy uchun oyiga 1000 CNY (taxminan 155 AQSh dollar) mablag’ ajratiladi
  • sug’urta xarajatlari qoplanadi

2. Second-Class Scholarship:

  • o’qish to’lovining 50 foizi to’lab beriladi
  • turar joy uchun oyiga 1000 CNY (taxminan 155 AQSh dollar) mablagʻ ajratiladi
  • sug’urta xarajatlari qoplanadi

3. Third-Class Scholarship:

  • o’qish to’lovining 25 foizi to’lab beriladi
  • sug’urta xarajatlari qoplanadi

Xitoy tilidagi dasturlar uchun topshirgan nomzodlar 4 yillik bakalavr kursi davomida quyidagi grantlardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:

Ingliz va fransuz tilidagi dasturlar uchun topshirgan nomzodlar 4 yillik bakalavr kursi davomida quyidagi grantlardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:

1. First-Class Scholarship:

  • o’qish to’lovi 100 foiz qoplanadi
  • yashash xarajatlari uchun oyiga 2500 CNY (taxminan 388 AQSh dollar) stipendiya ajratiladi
  • turar joy uchun mablag’ ajratiladi
  • sug’urta xarajatlari qoplanadi

2. Second-Class Scholarship:

  • o’qish to’lovining 100 foiz qoplanadi
  • turar joy uchun oyiga 1000 CNY (taxminan 155 AQSh dollar) mablagʻ ajratiladi
  • sug’urta xarajatlari qoplanadi

3. Third-Class Scholarship:

  • turar joy uchun oyiga 1000 CNY (taxminan 155 AQSh dollar) mablagʻ ajratiladi
  • sug’urta xarajatlari qoplanadi

Universitetda o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Grantga nomzodlar uchun qoʻyilgan umumiy talablar quyidagicha:

  • NomzodSJTUdagi oʻzi tanlagan bakalavrlik kursiga qabul qilinishi kerak. Ingliz va fransuz tili kurslariga Common Application tizimi orqali ariza topshiriladi.
  • Bir vaqning oʻzida boshqa bir grant gʻolibi boʻlmaslik kerak.
  • Nomzod oʻzi tanlagan tilda oʻqish uchun kerakli tilni yetarli darajada bilish kerak *til talablari yoʻnalishga qarab biroz farq qilishi mumkin):
    – Ingliz tilidagi dasturlar uchun kamida IELTS 6.0;
    – Fransuz tilidagi dasturlar uchun kamida B2 daraja (TCF, TEF, DELF / DALF);
    – Xitoy tilidagi dasturlar uchun kamida HSK 5.
  • Grant nomzodlarning arizasini va suhbatini baholash asosida taqdim etiladi.

MUHIM: Har vir til boʻyicha dasturlarning alohida qabul talablari mavjud. Ular bilan shu tilda taklif etiladigan kurslar roʻyxati sahifasida tbatafsil tanishishingiz mymkin:

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza topshirilmaydi. Kurs uchun onlayn ariza toʻldirilayotganda “Apply for scholarship” tanlovi belgilab qoʻyilsa, shuning oʻzi kifoya. Nomzodlarga koʻrsatkichlari va suhbat natijalari asosida grantlar ajratiladi.

Bundan tashqari, qabul jarayonlari har bir tildagi dasturlar uchun har xil. Baʼzilari har yili 31-yanvargacha davom etsa, ayrimlari 15-aprelgacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar roʻyxati va qabul sanalari bilan tanishish uchun har bir tildagi dasturlar sahifasiga tashrif buyuring:

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va har vir til boʻyicha kurslar sahifasini toʻliq oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!