×

Shvetsiya: magistratura uchun 50% grant


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1663 marta

Shvetsiyada joylashgan University of Skövde universitetining UHM Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan magistratura kurslarga kontrakga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun ajratilgan. Grant dasturidan maqsad moddiy to’siqlar sababli o’qish kontraktini to’lashga qiynalishi mumkin bo’lgan talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va iqtidorli talabalarni rag’batlantirish.

Universitetda o’qitiladigan magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

UHM grantini yutib olgan talabaga kontrakt to’lovidan 50% chegirma qilinadi, ya’ni u uchun kontraktning yarmi to’lab beriladi. Grant avvaliga faqat bir yil uchun beriladi, lekin agar talaba a’lo baholarga o’qisa va o’zini namunali tutsa, grant keyingi yil ham berilishi mumkin. Talaba kontrakt to’lovining qolgan yarmini va yashash xarajatlarini o’zi qoplashi kerak.

Talablar:

UHM grantlari quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod YI va YIZ tarkibiga kiruvchi davlat yoki Shvetsiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Skövde Universitetida o’qitiladigan magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Buning uchun o’qishga qabul javoblari e’lon qilinishini kutish shart emas. Grant yutish uchun avval kursga, keyin grantga ariza berilsa yetarli. O’qishga qabul qilingan nomzodlar ichida keyinchalik grant uchun saralash olib borilib, eng munosib talabalarga grant belgilanadi va ikkalasining ham natijasi baravar e’lon qilinadi.
  3. Nomzod o’qishga kirgan magistratura kursi universitetning o’zida o’qitilishi kerak – masofadan turib o’qitiladigan kurslar talabalariga grant berilmaydi.
  4. Hozirda Skövde universitetida o’qiyotgan talabalarga grant berilmaydi. Grantlar faqat 1-kursga endi qabul qilingan talabalarga o’qish boshlanmasidan oldin belgilanadi.

Magistratura kurslariga qabul talablari:

  1. Nomzod bakalavr bosqichini tamomlagan bo’lishi yoki oxirgi kursda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  3. Ko’pchilik magistratura kurslari nomzodning bakalavr diplomi sohasi va hujjat topshirilayotgan magistratura kursi yo’nalishi bir-biriga mos bo’lishini talab qiladi. Batafsil ma’lumotlarni har bir kursning mahsus sahifasidan topish mumkin.
  4. Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan magistratura kursining mahsus ichki talablariga javob berishi kerak (talablar yo’nalishlarga qarab bir-biridan farq qiladi).
  5. Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun avvaliga magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. buning uchun unversityadmissions.se sayti orqali kerakli kursga ariza to’ldirib, hujjatlar yuklanadi. Bu sayt orqali ariza berganda bir ariza orqali uchtagacha kursga hujjat topshirish mumkin, bunda nomzod muhimligiga qarab kurslarni 1-3 o’rinlarga qo’yishi kerak. UHM grantini yutib olish uchun arizada Skövde universitetini birinchi o’ringa belgilash kerak. Ariza topshirganda nomzodga ariza raqami beriladi. Magistratura kurslariga arizalar 2019-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Grantga ariza berish uchun bu yerga kirib, arizani to’ldirish kerak. Ariza to’ldirishda motivatsion xat yozish va magistratura kursiga hujjat topshirganda berilgan raqamni kiritish kerak. Grant uchun boshqa hech qanday qo’shimcha hujjat talab qilinmaydi. Grantga arizalar 2019-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun +46 (0)500 448000 raqamiga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!