×

Turkiyada 5 haftalik amaliyot: safar, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi; 226 dollar stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

30.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

4237 marta

The Sky Global Summer Exchange & Internship Program – Turkish Aerospace Industries kompaniyasi va and Yunus Emre instituti tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan yozgi almashinuv va amaliyot dasturidir. Bu dastur 2022-yil 18-iyuldan 19-avgustgacha (5 hafta davomida) Turkiyada amaliyot oʻtash va malaka oshirish imkonini beradi.

Bunda ishtirokchilar 4 haftda davomida Anqaradagi Turkish Aerospace Industries kompaniyasiga qarashli tuzilmalarda amaliyot oʻtaydi, qolgan 1 hafta davomida turli madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.

Ushbu dasturga quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriatning 3-4-kurs talabalari hamda magistratura talabalari ariza topshirishi mumkin:

  • Aerospace Engineering (Aerokosmik muhandislik)
  • Aeronautical Engineering (Aviatsiya muhandisligi)
  • Mechanical Engineering (Mashinasozlik)
  • Electronics Engineering (Elektron muhandislik)
  • Computer Engineering (Kompyuter muhandisligi)

Dastur ingliz tilida olib boriladi va nomzodlardan ingliz tilini kamida C1 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikat talab etiladi.

Dasturga jami 10 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning 3-4-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Turkiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
  • Butun dastur uchun 3300 turk lirasi (taxminan 226 AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi ariza topshirishi mumkin.
  • Kamida 18 yosh boʻlish lozim.
  • Ingliz tilini kamida C1 darajada bilishni tasdiqlovchi til sertifikatiga (IELTS, TOEFL va hk) ega boʻlish lozim.
  • Quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriatning 3-4-kurs talabalari hamda magistratura talabalari ariza topshirishi mumkin:
    – Aerospace Engineering
    – Aeronautical Engineering
    – Mechanical Engineering
    – Electronics Engineering
    – Computer Engineering
  • Oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi (GPA) ariza topshirish vaqida 4 lik tizimda kamida 3 boʻlishi yoki shunga teng boʻlishi kerak. Bu koʻrsatkich 100 ballik tizimda 75 ball, 5 lik tizimda 3,75 ball boʻladi.
  • Nomzodning Turkiyaga borishi uchun taqiq qoʻyilmagan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Nomzodlar 2022-yil 30-aprelgacha skyglobal@yee.org.tr elektron pochta manziliga quyidagi hujjatlarni yuborishi lozim:

  • Ariza shakli (toʻldirilgan va imzolangan holda). Ariza shaklini BU YERDAN yuklab oling.
  • CV (.pdf formatda).
  • Bir betdan oshmagan shaxsiy bayonot (Personal Statement).
  • Ingliz tilini kamida C1 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikat (IELTS, TOEFL va hk).
  • Pasport nusxasi (.png, .jpg yoki .pdf formatda).
  • Hozirga qadar universitetda olingan baholar (.pdf formatda).

Yuqoridagi hujjatlarning barchasi inglizcha boʻlishi yoki ingliz tiliga qilingan tarjimasi bilan birga topshirilishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!