×

Sloveniya: MBA kurslari uchun 4 000 yevro grant


Grant

MUHLAT

30.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Sloveniya

O'QILGAN

1399 marta

Sloveniyada joylashgan University of Ljubljana, School of Economics and Business (SEB LU) magistratura kurslari uchun moʻljallangan MBA Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet tarkibidagi School of Economics and Business (SEB LU)ning Business Administration MBA magistratura kurslariga oʻqishga kirgan a’lochi talabalarini moliyaviy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant bir-ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichida oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet Business Administration MBA magistratura kurslarida oʻqish uchun 30-sentabrgacha ariza topshirgan (Early bird) talabalar 18 900 yevro, 30-sentabrdan keyin ariza berganlar esa 22 900 yevro kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan talabaga kontraktdan 4 000 yevro chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismi va boshqa sarf-xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetda oʻqitiladigam MBA kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod 30-senyabrgacha oʻqishga hujjat topshirgan boʻlishi
  4. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,5 ball talab qilinadi.
  6. Nomzod qabul talablariga mos kelishi uchun Bolonya tizimi boʻyicha 180 ECT kreditli bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  7. Nomzod saralash mezonlariga toʻliq javob bera olishi kerak (maqola oxirida berilgan)

Grant talablari va shartlari haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning MBA magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant uchun alohida ariza topshirish zarur. Oʻqishga hujjat topshirish 2020-yil 6-yanvargacha, ammo 30-sentabrdan keyin ariza berganlar grantga ariza topshira olmaydi. Shuning uchun hujjatlarni 2019-yil 30-sentabrgacha topshiring.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Magistraturaga hujjat berish haqida: shu yerda ma’lumot berilgan.
  2. MBA Applicationni toʻldiring.
  3. MBA scholarship registration formni toʻldiring.
  4. Soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun aniq talab koʻrsatilmagan, ammo bu kabi kurslarga odatda IELTS kamida 7,0 ball soʻraladi.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.
  6. 3 yillik ish tajribasi haqida ma’lumot.
  7. Tavsiyanoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar 100 ballik tizimda baholanadilar:

  • Akademik yutuqlari (academic qualifications) – 10 ball.
  • Liderlik qobiliyati/tajribasi (leadership experience) – 25 ball.
  • Xalqaro (international impact) – 20 ball.
  • Suhbat (in-depth interview) – 25 ball.
  • Tavsiyanomalar va qoʻshimcha treninglar (references/additional trainings) – 10 ball.
  • Mukofotlar (awards) – 10 ball.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: alma.lieber@ef.uni-lj.si

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!