×

SMACH: tabiat qo’yniga o’rnatiladigan bezaklar tanlovida ishtirok etib, 2000 yevro yutib oling!


Grant

MUHLAT

28.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1098 marta

Ijodkorlar uchun SMACH xalqaro tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi tabiat va san’at uyg’unligini yaratish, bu yilgi mavzusi esa – “Fragile” (nozik, mo’rt). 

“Zaiflik va mo’rtlik bizning dunyomizda nimani anglatadi? Axir, mo’rt bo’lish ko’p narsani bildirishi mumkin. Sarlavhalarda ta’kidlanishicha, hozirgi pandemiya dunyomizning qanchalik zaifligini isbotladi. Oksford lug’atiga ko’ra, “nozik”, “nafis” so’zlari mo’rt so’ziga ma’nodosh bo’la oladi. Dunyo va tinchlik ham mo’rt hisoblanadi, avaylanmasa, ularga shikast yetishi oson. Mo’rtlik inson munosabatlarida ham gavdalanadi.

Ammo mo’rtlik ta’sirchanlik, muloyimlik va  do’stona his-tuyg’ular kabi boshqa qadriyatlarni ham o’z ichiga oladi. Nega bu mavzu ko’tarilishi kerak? Bu, insoniyatning nafis va qorong’u tomonlari haqida o’ylashga,  bugun biz, olam va atrofimizdagi barcha narsalar qanchalik nozik ekanligini tushunishga imkon beradi. Bu yilgi tanlovga mo’rtlik va zaiflik tushunchalarini o’z tasavvuringizdagidek ifodalagan san’at asarlarini jo’nating”.

SMACH tanlovi o’ziga xos bo’lib, unga fotosuratlar yoki dizaynlar emas, instalyatsiyalar qabul qilinadi. Tanlov uchun tayyorlangan instalyatsiyalar turli hududlardagi ochiq maydonda namoyish qilishga mo’ljallangan bo’lishi lozim. SMACH tanloviga taxminan mana bunday instalyatsiyalar jo’natilishi mumkin:

Tanlovga topshirilgan asarlar Italiyaning Val Badia shahridagi bir-biridan uzoq bo’lmagan quyidagi hududlarga o’rnatish uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak:

Tanlovda o’tgan yillarda g’olib chiqib, namoyish qilingan instalyatsiyalar bilan bu yerda tanishing. 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 10 nafar g’olib aniqlanib, har biriga 2000 yevro pul mukofoti beriladi. G’oliblar o’zlari yasagan instalyatsiyani Italiyadagi belgilangan hududlarga o’rnatishlari talab etiladi. Boshqa xarajatlar qoplanmaydi.

Talablar:

  • Tanlovda yakka tartibda yoki guruh bo’lib ishtirok etish mumkin.
  • Tanlovda barcha davlat, soha va yosh vakillari ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga ko’rsatilgan hududlardagi ochiq maydonlarda o’rnatilishi mo’ljallangan san’at asarlari (instalyatsiyalar) qabul qilinadi.
  • Bitta ishtirokchi/guruh tanlovga 2 tagacha asar yuborishi mumkin. Arizada asarning faqat surati ko’rsatiladi. G’olib chiqqan ishtirokchilar instalyatsiyani o’rnatishlari kerak bo’ladi.
  • Instalyatsiyalar shamol, yog’ingarchilik kabi tabiat hodisalariga chidamli qilib ishlanishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 28-martgacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun ariza to’ldirib, call@smach.it manziliga jo’natish lozim. Arizaga instalyatsiyaning fotosurati, yoki qo’lda/kompyuterda chizilgan rasmi ilova qilinishi kerak. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!