×

“Smart Rural Planning” yosh arxitektorlar va shaharsozlik mutaxassislari tanlovi!


Grant

MUHLAT

31.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2105 marta

Oʻzbekistonda shaharsozlik hujjatlarini takomillashtirish va innovatsion, kam uglerodli dizayn yechimlarini joriy etishga qaratilgan hamda hududlar, shaharlar va qishloqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yoshlarni faol ishtirok etishga keng jalb etish maqsadida “Smart Rural Planning” yosh arxitektorlar va shaharsozlik mutaxassislari tanlovi eʼlon qilindi.

Bu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Islom Taraqqiyot Banki tomonidan tashkil etilmoqda.

Tanlov 3 (uch) nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. “Smart rural settlement” – qishloq hududining bosh rejasi (master-plan) / kontseptual dizayni.
  2. “Smart district” – shahar / tumanning kontseptual loyihasi, bosh reja (master-plan).
  3. “Green building” – jamoat binosi yoki ijtimoiy obyektning loyihasi.

Tanlov maqsadlari:

  • Yangi dizayn va muhandislik g’oyalarini izlash, bosh rejalarning jamoatchilik muhokamasini faollashtirish va ularning jamiyatdagi o’rnini oshirish.
  • Yosh arxitektorlarga o‘z salohiyatini namoyon etish va tajriba orttirish imkoniyati.
  • Arxitektura-qurilish fakultetlari bitiruvchilari tomonidan ishlab chiqilgan diplom ishlarining sifatini oshirish.
  • OAV e’tiborini O‘zbekistonda “aqlli” shaharlar va qishloqlarni rivojlantirish bilan bog’liq dolzarb masalalarga jalb etish.
  • Arxitektura va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni yoshlar orasida ommalashtirish.
  • Yashil qurilish, barqaror arxitektura va aqlli shaharni rejalashtirish sohasini ilgari surish.

Grant kimlar uchun?

35 yoshdan oshmagan arxitektorlar, muhandislik va shaharsozlik mutaxassislari, shuningdek, shu sohalar boʻyicha tahsil oluvchi OTM talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblar grafik dasturlar bilan ishlashga moʻljallangan noutbuklar bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar quyidagicha:

  • Tanlov ishi amaliy yo‘naltirilgan loyiha bo‘lishi, uni amalga oshirish uchun mumkin bo‘lgan resurs ta’minoti, amalga oshirishning aniq mexanizmlari, erishilgan samarani nazorat qilish tavsifi aks ettirilishi kerak.
  • O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo‘lishi.
  • Tanlov ishida muallifning shaxsiy tadqiqoti natijalarining mavjudligi.
  • Past uglerodli, suv tejamkor qurilish materiallari va texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion va ilg’or yechimlardan foydalanganligi.
  • Loyihaning yangiligi va ijtimoiy ahamiyati.
  • Loyihani amalga oshirish imkoniyati.
  • Loyiha mualliflik huquqiga rioya qilingan holda ishlab chiqilishi kerak.

Tanlov materiallarida reklama maʼlumotlari, shuningdek, Oʻzbekiston hududida tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan maʼlumotlar boʻlmasligi kerak. Ushbu ma’lumotlarga ega arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlovda loyihalari 2018-yil 1-yanvardan 2023-yil 31-avgustgacha ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi arxitektura, muhandislik va shaharsozlik yo‘nalishlari talabalari/bitiruvchilari, shuningdek, 35 yoshdan oshmagan mustaqil faoliyat olib boruvchi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2023-yil 31-avgust soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi.

Ariza shaklini toʻldirishda quyidagilarni yuklash talab etiladi:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning elektron nusxasi.

  • Talabaliik guvohnomasi / oliy ta’lim muassasasi diplomi / talaba ekanlik toʻg’risidagi ma’lumotnoma.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududini qamrab oluvchi loyiha.

Savollar yuzasidan Telegram orqali @SmartRuralContest hisobiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!