×

Smithsonian Magazine fototanlovi: istalgan fotosurat bilan ishtirok etib, 2500 AQSh dollari yutib olish imkoniyati


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4022 marta

Smithsonian Magazine jurnali tomonidan tashkil etilgan fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu fototanlovda barcha professional va havaskor fotosuratchiar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga quyidagi yo’nalishlarga mos bo’lgan fotosuratlar taqdim etilishi mumkin:

  1. Natural World: Animals, plants and landscapes; geological or climatological features; and scientific processes and endeavors.
  2. Travel: Locales, peoples or activities in the United States and abroad that convey a sense of place.
  3. People: Portraits and photos of groups or individuals.
  4. The American Experience: Events, objects or activities connecting the American people to their history or their cultural heritage; photographs that tell us what it means to be an American and provide a sense of what it is like to live in this country.
  5. Altered Images: Photographs manipulated for artistic purposes by applying digital and/or traditional special effects.
  6. Mobile: Any photograph taken with a mobile device (phone or tablet).

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir kategoriyada 10 nafardan ishtirokchi final uchun saralab olinadi va 60 nafar final ishtirokchilari orasida quyidagi uch mukofot g’oliblari aniqlanadi:

  1. Asosiy sovrin (the grand prize) – asosiy sovrin sohibiga 2500 AQSh dollari
  2. Eng ko’p ovozlar bilan g’olib chiqqan fotosurat uchun sovrin (reader’s choice prize) – ushbu mukofot topshirilgan suratkashga 500 AQSh dollari pul mukofoti
  3. Har bir kategoriya bo’yicha g’oliblar – har bir kategoriya bo’yicha g’oliblarning har biriga 500 AQSh dollaridan mukofot

Undan tashqari, g’oliblarga esdalik sovg’alari ham berilishi mumkin. Tanlov g’oliblari 2021-yil bahorda e’lon qilinadi. Tanlov saytida 60 nafar finalist e’lon qilingach, g’oliblar ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Ishtirokchi 18 yoshdan kichik bo’lmasligi kerak.
  • Smithsonian Institution’ga aloqador shaxslar (muassasa xodimlari, hamkorlari, ularning yaqinlari va hkz.) tanlovda qatnashishlari mumkin emas.
  • Tanlovga faqat 2018-yil 1-yanvardan keyin tushirilgan fotosuratlar taqdim etilishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi bir vaqtning o’zida barcha kategoriyalar bo’yicha ishtirok etishi mumkin. Bunda har bir kategoriya uchun ko’pi bilan 15 ta fotosurat taqdim etishga ruxsat beriladi (ya’ni, bitta ishtirokchi tanlovda jami 90 ta surat bilan ishtirok eta oladi).
  • Suratlar formati sRGB, eng katta tomoni kamida 2000 piksel va hajmi ko’pi bilan 10 MB bo’lishi zarur. Lekin fotosuratning asl nusxasi saqlab qo’yilishi zarur. Finalga chiqqan ishtirokchi va g’oliblar suratlarning asl nusxalarini taqdim etishlari kerak bo’ladi. Asl nusxadagi surat yuqori sifatli va kamida 300 dpi va 3000 piksel bo’lishi zarur.
  • Altered Images (o’zgartirilgan suratlar) kategoriyasidan boshqa kategoriyalar uchun taqdim etilgan suratlarga hech qanday jiddiy o’zgartirish kiritilishi mumkin emas. Jiddiy o’zgartirish deganda suratning ma’lum qismlari, undagi obyektlar olib tashlanishi yoki kompyuter dasturlari yordamida qo’shib qo’yilishi, asl suratning ko’rinishi o’zgarar darajada rang va boshqa jihatlarning o’zgartirilishi va hokazolar tushuniladi. O’lchamlari va suratning o’zini moslashtirish maqsadida kesilgan (kichraytirilgan) va mayda o’zgartirish kiritilgan fotosuratlarni taqdim etsa bo’ladi. Mayda o’zgartirishlarga suratda xira tushib qolgan qismni biroz tiniqlashtirish, negativ tushirilgan suratda ko’rinib qolgan keraksiz chiziqlarni o’chirish kabi sayqallash ishlari kiradi.
  • Agar fotosuratda inson yuzi yoki boshqa insonlarning ishlari (boshqa ijodkorlar yasagan haykallar, chizgan suratlar va hkz.) tushirilgan bo’lsa, suratda ko’rsatilgan shaxsning o’zi yoki ishning muallifidan rozilik xati olinishi kerak. Bu xatda fotosuratda yuzi tushirilgan shaxs yoki ish namunasi ko’rsatilgan muallif fotosurat va tanlov haqida xabardor ekanligini tasdiqlashi kerak. Rozilik xati namunalari bu yerda.
  • Fotosuratlarni tushirish jarayoni va oqibatlarini hisobga olish shart. Ko’rsatish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin voqealarni suratga olish yoki suratga olish jarayonida insonlar, joylar, tabiat yoki hayvonlarga zarar keltirish kabilarga yo’l qo’yilmasligi shart. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2020-yil 30-noyabrgacha bu yerda beriladi. Natijalar 2021-yil bahorda e’lon qilinadi.

Fotosuratlar ijodkorlik va sifat darajasi, o’ziga xosligi, topshirilgan kategoriya mavzusiga mosligi hamda umumiy ta’sir doirasi asosida baholanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!