2021 Social Shifters Global Innovation Challenge tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur tanlovda ijtimoiy yoki ekologik muammolar yechimiga qaratilgan loyiha/gʻoyalar bilan qatnashish mumkin.
Dasturga tijoriy loyiha/gʻoyalar ham, notijoriy loyiha/gʻoyalar ham topshirilishi mumkin. Dastur yetakchilar, innovatorlar va tadbirkorlarning yangi avlodida dunyoni ijobiy tomonga oʻzgartirishda oʻz hissasini qoʻshishiga koʻmaklashishni maqsad qilgan.
Grant kimlar uchun?
18-30 yoshli barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ishtirokchilar uqyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Ishtirokchilarning barchasi oʻz gʻoya/loyihasini rivojlantirish uchun BEPUL startap koʻmak va mentorlik yordamini oladi.
- Dastlabki 500 nafar arizachiga Social Enterprise World Forum 2021 uchun VIP chipta taqdim etiladi (Kanadada boʻladi).
- Eng yaxshi gʻoya/yechimlar 10 000 AQSH dollarigacha boʻlgan mukofot uchun raqobat qiladi.
- Gʻoliblar 2021-yilning 27-29-setabrida boʻlib oʻtadigan Social Enterprise World Forum tadbirida alohida eʼtirof etiladi va ularning loyihalari yoritiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- 18-30 yoshli barcha (istalgan davlat fuqarosi) qatnasha oladi.
- Nomzodlar yakka tartibda yoki jamoa sifatida (5 kishigacha aʼzo boʻlishi mumkin) qatnasha oladi. Jamoa boʻlib qatnashish qattiq tavsiya qilinadi.
- Topshiriladigan loyiha/gʻoya ijtimoiy yoki ekologik muammoga yechim berishi kerak. Gʻoya/loyiha tijoriy yoki notijoriy boʻlishi mumkin, lekin uni ishlab chiqish boshlanganiga koʻp boʻlmagan boʻlishi kerak (ustida ishlash boshlanganiga 1 yildan oshmagan va sezilarli moliyalashtirilmagan boʻlishi kerak.
- Ariza va gʻoya/loyiha ingliz tilida topshirilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga ariza va gʻoya/loyihalar 2021-yilning 16-iyuliga qadar BU YERDA onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun avval roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Roʻyxatdan oʻtilgandan soʻng onlayn arizada kerakli maʼlumotlar taqdim etiladi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan challenge@socialshifters.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.