×

Social Shifters Global Innovation Challenge tanlovi: Ijtimoiy va ekologik muammolar yechimiga qaratilgan loyihalar uchun 10 000 dollar mukofot!


Grant

MUHLAT

16.07.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1448 marta

2021 Social Shifters Global Innovation Challenge tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur tanlovda ijtimoiy yoki ekologik muammolar yechimiga qaratilgan loyiha/gʻoyalar bilan qatnashish mumkin.

Dasturga tijoriy loyiha/gʻoyalar ham, notijoriy loyiha/gʻoyalar ham topshirilishi mumkin. Dastur yetakchilar, innovatorlar va tadbirkorlarning yangi avlodida dunyoni ijobiy tomonga oʻzgartirishda oʻz hissasini qoʻshishiga koʻmaklashishni maqsad qilgan.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar uqyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilarning barchasi oʻz gʻoya/loyihasini rivojlantirish uchun BEPUL startap koʻmak va mentorlik yordamini oladi.
  • Dastlabki 500 nafar arizachiga Social Enterprise World Forum 2021 uchun VIP chipta taqdim etiladi (Kanadada boʻladi).
  • Eng yaxshi gʻoya/yechimlar 10 000 AQSH dollarigacha boʻlgan mukofot uchun raqobat qiladi.
  • Gʻoliblar 2021-yilning 27-29-setabrida boʻlib oʻtadigan Social Enterprise World Forum tadbirida alohida eʼtirof etiladi va ularning loyihalari yoritiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • 18-30 yoshli barcha (istalgan davlat fuqarosi) qatnasha oladi.
  • Nomzodlar yakka tartibda yoki jamoa sifatida (5 kishigacha aʼzo boʻlishi mumkin) qatnasha oladi. Jamoa boʻlib qatnashish qattiq tavsiya qilinadi.
  • Topshiriladigan loyiha/gʻoya ijtimoiy yoki ekologik muammoga yechim berishi kerak. Gʻoya/loyiha tijoriy yoki notijoriy boʻlishi mumkin, lekin uni ishlab chiqish boshlanganiga koʻp boʻlmagan boʻlishi kerak (ustida ishlash boshlanganiga 1 yildan oshmagan va sezilarli moliyalashtirilmagan boʻlishi kerak.
  • Ariza va gʻoya/loyiha ingliz tilida topshirilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza va gʻoya/loyihalar 2021-yilning 16-iyuliga qadar BU YERDA onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun avval roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Roʻyxatdan oʻtilgandan soʻng onlayn arizada kerakli maʼlumotlar taqdim etiladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan challenge@socialshifters.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!