×

Sogang University: Koreyada bakalavriatni oʻqish yoki bakalavriatga oʻqishni koʻchirish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

15.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

5038 marta

Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida joylashgan Sogang universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchi hamda oʻqishini Sogang universitetidagi bakalavriat dasturlariga koʻchirmoqchi boʻlgan xorijiy nomzodlar uchun bir qancha turdagi qisman va toʻliq grantlarni taklif etadi. Ushbu grantlar bakalavriatdagi barcha yoʻnalishlar uchun taqdim qilinadi.

Universitetda mavjud bakalavriat yoʻnalishlari (dasturlari) bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin. Hozirda 2022-yil bahorgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Maʼlumot uchun: Sogang universitetida, 2021-yil oktabr oyi holatiga koʻra, dunyoning neg nufuzli oliygohlari roʻyxatida 494-oʻrinni egallab turibdi (QS reytinggi boʻyicha).

 

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar va oʻqishini Janubiy Koreyaga koʻchirishni xohlaydigan bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Taklif etilayotgan grantlar va ularning miqdorlari turlicha. Ular quyidagilar:

Global Emerging Scholarship I:

  • 1-kursga qabul qilinganlar uchun butun oʻqish davrida (8 semestr), 2-kursga oʻqishi koʻchirganlar uchun 6 semestr davomida, 3-kursga oʻqishini koʻchirganlar uchun 4 semestr davomida kontrakt puli toʻliq qoplanadi va qabul toʻlovidan ozod etiladi.
  • Bu grant uchun nomzodlarni qabul komissiyasi moliyaviy, akademik va boshqa koʻrsatkichlar asosida tanlaydi.
  • Grantni keyingi semestrlarda ham saqlab qolish uchun talabaning oʻqishdagi balli 12 balldan tushib ketmasligi yoki oʻtgan semestrdan yuqori boʻlishi kerak; shuningdek, semestrdagi oʻrtacha balli (GPA) 2,80 dan tushib ketmasligi kerak (4.30 lik tizimda).

Global Emerging Scholarship II:

  • 1-kursga qabul qilinganlar uchun butun oʻqish davrida (8 semestr), 2-kursga oʻqishi koʻchirganlar uchun 6 semestr davomida, 3-kursga oʻqishini koʻchirganlar uchun 4 semestr davomida kontrakt pulining yarmi qoplanadi va qabul toʻlovidan ozod etiladi.
  • Bu grant uchun nomzodlarni qabul komissiyasi moliyaviy, akademik va boshqa koʻrsatkichlar asosida tanlaydi.
  • Grantni keyingi semestrlarda ham saqlab qolish uchun talabaning oʻqishdagi balli 12 balldan tushib ketmasligi yoki oʻtgan semestrdan yuqori boʻlishi kerak; shuningdek, semestrdagi oʻrtacha balli (GPA) 2,80 dan tushib ketmasligi kerak (4.30 lik tizimda).

Global Emerging Scholarship III:

  • 1-kursga qabul qilinganlar uchun butun oʻqish davrida (8 semestr), 2-kursga oʻqishi koʻchirganlar uchun 6 semestr davomida, 3-kursga oʻqishini koʻchirganlar uchun 4 semestr davomida kontrakt pulining toʻrtdan biri (25%) qoplanadi va qabul toʻlovidan ozod etiladi.
  • Bu grant uchun nomzodlarni qabul komissiyasi moliyaviy, akademik va boshqa koʻrsatkichlar asosida tanlaydi.
  • Grantni keyingi semestrlarda ham saqlab qolish uchun talabaning oʻqishdagi balli 12 balldan tushib ketmasligi yoki oʻtgan semestrdan yuqori boʻlishi kerak; shuningdek, semestrdagi oʻrtacha balli (GPA) 2,80 dan tushib ketmasligi kerak (4.30 lik tizimda).

Admission Scholarship I:

  • 1-kursga qabul qilinganlar uchun butun oʻqish davrida (8 semestr), 2-kursga oʻqishi koʻchirganlar uchun 6 semestr davomida, 3-kursga oʻqishini koʻchirganlar uchun 4 semestr davomida kontrakt puli toʻliq qoplanadi va qabul toʻlovidan ozod etiladi.
  • Bu grant qabul natijalariga koʻra, eng yaxshi koʻrsatkichga ega 5% talabaga beriladi.
  • Grantni keyingi semestrlarda ham saqlab qolish uchun talabaning oʻqishdagi balli 12 balldan tushib ketmasligi yoki oʻtgan semestrdan yuqori boʻlishi kerak; shuningdek, semestrdagi oʻrtacha balli (GPA) 2,80 dan tushib ketmasligi kerak (4.30 lik tizimda).

Admission Scholarship II:

  • Talaba qabul qilingan semestr (1 semestr) davomida kontrakt pulining yarmi qoplanadi va qabul toʻlovidan ozod etiladi.
  • Bu grant qabul natijalariga koʻra, eng yaxshi koʻrsatkichga ega 10% talabaga beriladi (Admission Scholarship I grantini olganlar bundan musatsno).

Admission Scholarship III:

  • Talaba qabul qilingan semestr (1 semestr) davomida kontrakt pulining 25 foiz qoplanadi va qabul toʻlovidan ozod etiladi.
  • Bu grant qabul natijalariga koʻra, 25% gacha talabaga beriladi.

Admission Scholarship III:

  • Talaba qabul toʻlovidan ozod etiladi.
  • Bu grant qabul natijalariga koʻra, 50% gacha talabaga beriladi.

Maʼlumot uchun: Hozirda (2022-yil bahorgi semestr holatiga koʻra) Sogang universitetida qabul toʻlovi 345 000 von (taxminan 300 AQSH dollari) va 1 yillik kontrak summasi yoʻnalishga qarab 4 165 000 vondan (taxminan 3540 dollar) 5 442 000 vongacha (taxmina 4630 dollar).

Talablar:

Norijlik nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Bakalavriatning 1-kursiga topshirayotganlar uchn:
    – Ota-onasi (ikkalasi ham) Koreya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
    – Oʻrta taʼlimni (11 yillik maktab, kollej yoki litseyni) bitirgan boʻlishi yoki oʻqish boshlanguga qadar bitirishi kerak.
    – Kamida TOPIK 3 sertifikati yoki ingliz tili sertifikatiga (IELTS, TOEFL va h.k.) ega boʻlish kerak. Ingliz tili sertifikati balli uchun minimal talab belgilanmagan.
  • Oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar uchun:
    – Ota-onasi (ikkalasi ham) Koreya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
    – 2-kursga oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar universitetda 4 yillik bakalavriatning kamida 1 oʻquv yilini (2 semestr) tamomlagan boʻlishi yoki oʻqish boshlanguniga qadar tamomlashi kerak.
    – 3-kursga oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar universitetda 4 yillik bakalavriatning kamida 2 oʻquv yilini (4 semestr) tamomlagan boʻlishi yoki oʻqish boshlanguniga qadar tamomlashi kerak.
    – Kamida TOPIK 3 sertifikati yoki ingliz tili sertifikatiga (IELTS, TOEFL va h.k.) ega boʻlish kerak. Ingliz tili sertifikati balli uchun minimal talab belgilanmagan.

Arizalar va hujjatlar toʻliq koreys yoki toʻliq ingliz tilida topshirilishi, shu tillardan boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan holga tarjima qilinishi kerak. Ingliz tilida (ingliz tili sertifikati bilan) ariza topshirganlar qabul qilingan taqdirga Sogang universitetidagi koreys tili kurslariga qatnashishi majburiy boʻladi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan batafsil tanishish uchun BU YERDAGI qabul yoʻriqnomasini toʻliq oʻqib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hozirda 2022-yil bahorgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda va hujjatlar 2021-yil 26-noyabrgacha BU YERDA qabul qilinadi (Tepa oʻng burchakdagi Sign Up tugmasini bosish orqali jinhakapply.com tizimidan roʻyxatdan oʻtish kerak). Grantlar uchun alohida ariza topshirilmaydi, grantlar bakalavriat dasturiga topshirilgan ariza va hujjatlar asosida ajratiladi.

Ariza topshirish uchun qanday roʻyxatdan oʻtish batafsil tushuntirilgan yoʻriqnomani BU YERDA yuklab olishingiz mumkin.

Qabul talablari, qanday ariza topshirish, qanday hujjatlar topshirilishi kerak va boshqa barcha maʼlumotlarni BU YERDAGI qabul qabul yoʻriqnomasidan olasiz.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!