×

Sog’liqni saqlash: Magistratura uchun to’liq grant va oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

31.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Istalgan davlatda

O'QILGAN

4503 marta

Buyuk Britaniya tomonidan moliyalashtiriladigan International Master’s Fellowship dasturiga ariza qabul qilinmoqda. Ushbu dasturdan maqsad – rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan talabalarga magistratura bosqichida o’qish uchun moddiy ko’mak berish. Dastur doirasida saralab olingan talabalarning 30 oy davom etadigan magistratura tayyorlov dasturida ishtirok etishlari uchun moddiy ta’minot ajratiladi. Bu muddatning 12 oy qismi aholi salomatligi yo’nalishidagi magistratura kursida o’qishni va qolgan 18 oyi tadqiqot olib borishni o’z ichiga oladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qimoqchi bo’lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir talabaga butun kurs uchun 120 ming funt sterling miqdoridagi pul mablag’i ajratiladi va u kontrakt puli, stipendiya va tadqiqot xarajatlarini qoplashga yo’naltiriladi.

Talablar:

Agar siz quyidagi talablarga mos bo’lsangiz grant uchun hujjat topshirishingiz mumkin:

  1. Siz quyidagi ro’yxatga kiritilgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishingiz kerak (O’zbekiston bu davlatlar orasida mavjud);
  2. Siz taklif qilgan tadqiqot shu davlatlardagi sog’liqni saqlash sohaini (Public Health) ustuvor vazifa sifatida belgilahi kerak;
  3. Siz ko’rsatilgan ro’yxatdagi davlatlardan birida joylashgan tashkilot bilan hamkorlik qilishingiz zarur.
  4. Siz tibbiyotga oid bo’lgan yoki oid bo’lmagan sohada bakalavriat kursini tamomlagan bo’lishingiz kerak;
  5. O’z karyerangizni yaqinda boshlagan bo’lishingiz, lekin tadqiqot olib borishga qiziqishingizni korsata olgan bo’lishingiz zarur. Undan tashqari,
  6. Nomzod boshqa biror Welcome Trust Fellowshipida qatnashayotgan bo’lishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul uchun har bir nomzod tadqiqot taklifi (research proposal) taqdim etishi zarur. Research proposalning mavzusi ko’rsatilgan davlatlarda aholi salomatligini ustuvor o’ringa qo’yish bo’lishi zarur. Ishlar ko’rib chiqilaytoganda quyidagilarga asosan baholar qo’yiladi:

  1. Ishning muhimligi va sifati;
  2. Nomzodning yondashuvining tanlangan mummolarni yecha olish darajasi;
  3. Tanlangan mavzuning tadqiqot muhitiga mos ekanligi. Barcha tadqiqot takliflari bu yerda ko’rsatilgan mavzulardan birida bo’lishi shart.

O’zingizga homiy va nazoratchi (ilmiy rahbar) tanlayotganda quyidagilarni hisobga olish tavsiya etiladi, ya’ni, hoziy/nazoratchi:

  1. Butun kursning oxirigacha yetarli lavozimlargaega bo’lishi zarur;
  2. Hozirda ishlab turgan tadqiqot dasturiga ega bo’lishi kerak;
  3. Tadqiqot, tayyorlov va o’qitishda a’lo natijalarga ega bo’lishi kerak;
  4. Sizga ariza yozish va keyinchalik hamkorlik jarayonida yordam berishga tayyor bo’lishi kerak.

O’zingiz tanlagan homiyni nazoratchi ifatida taklif etishingiz ham mumkin. Har kunlik tadqiqot jarayoningizni kuzatib boruvchi va har bir alohida vaqt mobaynida sizga yordam beruvchi alohida nazoratchilar ham topib qo’yishingiz zarurligini unutmang.

Ujjat topshirish uchun onlayn ariza to’ldirish zarur. Buning uchun oldindan vebsayt orqali o’zingizga akkaunt ochishingiz kerak bo’ladi.

Natijalar 2018-yil noyabr oyida e’lon qilinadi.

Eslatmalar

  • Barcha talablar haqida batafsil bu yerda.
  • Hujjat topshirishda muammolarga duch kelsangiz, mana bu maxsus hujjatni ko’rib chiqing.
  • Ma’lumot uchun: 44 (0)20 7611 5757

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!