×

Sony World Photography Awards fotosuratlar tanlovi: mukofot – 25 000 AQSh dollarigacha!


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1337 marta

14 yildan beri o’tkazib kelinadigan, dunyodagi eng yirik fotosuratlar tanlovi – Sony World Photography Awards tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov Sony kompaniyasi hamkorligida World Photography Organization tomonidan tashkil etilgan. Tanlovda quyidagi guruh ishtirokchilari taqdirlanadi:

  • Professional fotosuratlar yo’nalishi (5-10 ta fotosurat topshirish uchun)
  • Ochiq mavzuda fotosuratlar yo’nalishi (faqat 1 ta fotosurat topshirish uchun)
  • Yoshlar uchun 12-19 yoshli ishtirokchilar yo’nalishi
  • Talabalar yo’nalishi (bu yo’nalishga hujjatlar qabuli 30-noyabrda yopiladi).

Professional suratkashlar guruhi bo’yicha barcha ishtirokchilar tanlovga quyidagi mavzularda fotosuratlar yuborishlari mumkin:

 

  • Arxitektura va dizayn
  • Kreativ (ijodiy)
  • Hujjatli (documentary) suratlar
  • Atrof-muhit
  • Portret
  • Portfolio
  • Tabiat va hayvonot
  • Natyurmort
  • Sport.

 

Ochiq (open) guruhi ishtirokchilari quyidagi mavzulardagi fotosuratlar bilan ishtirok etishlari mumkin:

 

  • Arxitektura
  • Ijodiy
  • Manzara 
  • Harakat (motion)
  • Turmush tarzi (lifestyle)
  • Jonli va yovvoyi tabiat
  • Obyekt
  • Portret
  • Ko’cha suratlari
  • Sayohat.

 

12-19 yoshli ishtirokchilar “yoshlar” guruhida ishtirok etgan holda faqat “insonlar” mavzusida suratlar yuborishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Professional guruhi g’olibi 25 000 AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Barcha mavzular bo’yicha bittadan g’olibga hamda bosh sovrin egasiga Sony mahsulotlari taqdim etiladi.
  • Open guruhi bo’yicha bosh sovrindorga 5000 AQSh dollari topshiriladi. Barcha mavzular bo’yicha bittadan g’olibga hamda bosh sovrin egasiga Sony mahsulotlari taqdim etiladi.
  • Youth guruhi bo’yicha bosh sovrindorga Sony kompaniyasi mahsulotlari taqdim etiladi.

Tanlovning barcha g’oliblari keng doiralarda tanilish, tashkilotchilar veb saytlarida e’lon qilinish va tashkilotchilar ko’rgazmalarida fotosuratlarini namoyish qilish imkonini qo’lga kiritadilar.

Talablar:

  • Professional suratkashlar guruhida bitta mavzu bo’yicha 5-10 ta surat bilan ishtirok etish mumkin.
  • Open guruhida bitta ishtirokchi 1 ta surat bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Youth guruhida 12-19 yoshli ishtirokchilar 1-3 ta surat bilan ishtirok etishlari mumkin. Youth guruhida saralash har oy alohida bo’lib o’tadi va har oy g’olib bo’lganlar bosh sovrin uchun yana bir bor musobaqalashadilar. 
  • Har bir guruh uchun fotosuratlarni topshirish tartibi va talab etiladigan formatlar mavjud. Ular bilan rasmiy havola yoki asosiy ma’lumotdagi havolalar orqali tanishing. 

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish sanalari guruhlarga qarab farq qiladi. Professional guruhi – 2021-yil 14-yanvargacha hujjat topshirishi mumkin. Open guruhi uchun arizalar 7-yanvargacha qabul qilinadi. Yoshlar guruhi uchun arizalar 31-dekabrgacha qabul qilinadi. 

Hujjatlar bu yerda topshiriladi. Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!