×

Onlayn fototanlov: 5000 AQSh dollari, tekin sayohat va fotoapparat yutib oling!


Grant

MUHLAT

04.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

6154 marta

Jahon Fotografiya Tashkiloti (World Photography Organization) tomonidan tashkillashtirilgan 2019-yilgi Sony Photography Awards Open Competition fototanlovida o’z ishlari bilan ishtirok etish uchun havaskor va professional suratkashlardan arizalar qabul qilinmoqda. Bu tanlov qobiliyatli fotosuratchilarni kashf qilish va ular tushirgan eng sara suratlarni taqdirlash maqsadida tashkillashtirilgan. Tanlovga quyidagi 10 ta kategoriya bo’yicha ishlar qabul qilinadi:

  • Arxitektura
  • Madaniyat
  • Ijodkorlik
  • Harakat (motion)
  • Landshaft,
  • Tabiat va yovvoyi hayot
  • Portret
  • Ko’cha suratlari (street photography)
  • Natyurmort
  • Sayohat.

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov so’nggida bir nafar asosiy sovrindor:

  1. 5000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti va
  2. Sony fotografiya uskunasi bilan taqdirlanadi.
  3. Undan tashqari, g’olib 2019-yil aprelda Londonda bo’lib o’tadigan taqdirlash maqorimiga taklif etilib, marosimda qatnashishga sarflanadigan barcha xarajatlar – 2 kecha uchun turar joy, oziq-ovqat va safar xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi.

Tanlovda ikkinchi o’rinni olgan qatnashchi ham Sony fotografiya uskunasi bilan taqdirlanadi. Asosiy sovrindor, ikkinchi o’rin egasi va 15 nafar eng yaxshi fotosuratchilarning ishlari esa Londondagi Somerset House ko’rgazmasida namoyishga qo’yiladi.

Talablar:

Tanlov barcha yoshdagi, barcha millatga va davlatga mansub fotosuratchilar uchun ochiq. Tanlovda tajribasi va darajasidan qat’iy nazar barcha o’z fotosuratlari bilan ishtirok etishi mumkin. Tanlov hay’atiga tiniq, kreativ va yaxshi kompozitsiyaga ega fotosuratlar taqdim etilsa bas. 16 yoshdan kichik ko’ngillilarning qatnashishlari uchun ota-ona yoki vasiyning roziligi zarur.

Taqdim etiladigan fotosuratlarga talablar:

  1. Bir qatnashchi uchtagacha fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin.
  2. Fotosuratlar 2018-yilda tushirilgan bo’lish kerak.
  3. Suratning hajmi 1MB dan 5MB gacha bo’lishi zarur. Surat formati JPEG, ranglar RGB bo’lishi shart.
  4. Suratda qatnashchining shaxsini ko’rsatuvchi hech qanday belgi, muxr, imzo yoki shu kabi belgilar bo’lmasligi kerak. Bu shartga javob bermaydigan fotosuratlar tanlovdan chetlashtiriladi.
  5. Fotosurat uni taqdim etayotgan shaxs muallifligida bo’lishi shart. Mualliflik huquqiga dahl qilgan holda o’zlashtirilgan fotosuratlar yoki suratkashning shaxsiy ijod mahsuli bo’lmay turib tanlovga qo’yilgan fotosuratlar tanlovdan chetlashtiriladi.
  6. Fotosuratda aks etgan joylar, shaxslar va voqealar ommaga oshkora havola etilishi mumkin bo’lishi kerak. Bu borada kelib chiqadigan masala va muammolarga javobgarlik qatnashchining zimmasida bo’ladi.
  7. Tanlovdan boshqa biror tijorat tashkiloti yoki harakatini targ’ib qiluvchi fotosuratlar chetlashtiriladi. Batafsil ma’lumot.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun Jahon Fotografiya Tashkilotining rasmiy vebsaytiga kirib, shu yer orqali fotosuratlarni tizimga yuklash kerak. Ilk saralashdan keyin saralab olingan fotosuratlarning asl nusxalarini taqdim etish so’ralishi mumkin. Qatnashchilar ariza berish jarayonida hajmini moslashtirgan suratlarining asl nusxalarini saqlab turishlari kerak. G’oliblar onlayn tarzda e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun maxsus savollar shaklini to’ldirib, tashkilotchilarga yuborishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!