×

SABF: Barcha bosqich talabalari uchun Argentinada 3 kunlik forum – xarajatlar qoplanadi; joy 100 ta!


Grant

MUHLAT

06.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Argentina

O'QILGAN

19486 marta

Janubiy Amerika biznes forumi (South American Business Forum, SABF) – Janubiy Amerika va dunyoning baraqror rivojlanishiga hissa qoʻshadigan imkoniyatlarni yaratuvchi / ishlab chiquvchi joriy hamda kelajakdagi yetakchilar birlashtirish maqsadida tashkil etilayotgan forumdir. Bu forum 2024-yil 2-4-avgust kunlari Argentinaning poytaxti Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtadi.

Forumda Argentina va boshqa mamlakatlardan boʻlgan biznes, akademik hamda intellektaul yetakchilar ishtirok etadi. Ushbu yetakchilar butun dunyodan kelgan forum ishtirokchilari bilan barqaror rivojlanish boʻyicha munosib qadriyatlar yuzasidan dialog olib boradi.

Odatda har yili dunyoning turli davlatlaridan 100 nafar talaba (bakalavr, magistr va doktorantlar) ushbu forumda qatnashish uchun saralab olinadi. Bu yilgi forum uchun ham 100 nafar atrofida talaba qabul qilinishi kutilmoqda.

Forum tanishuv mashgʻulotlari, seminarlar, amaliy bilim haqida spikerlarning nutqlari, spikerlar bilan savol-javoblar, mentorlar yordamida taqdimot ustida ishlash, spiker va ishtirokchilarning taqtimotlari kabi mashgʻulotlardan iborat boʻladi. Ushbu mashgʻulotlar bilan BU YERDA batafsilroq tanishish mumkin.

Forum ispan va ingliz tilida olib boriladi hamda ishtirokchilardan shu tillardan birini bilish talab etiladi.

Forumning asosiy mavzusi – “Beyond the Established”.

Ishtirokchilar quyidagi kichik mavzularni muhokama qilish orqali forumning asosiy mavzusini chuqurroq tadqiq etadi:

  • Individuallik (Indivi(duality))
  • Taʼsir ortida (Behind Influence)
  • Oʻzgarish manzarasi (The Scenery of Change)

Forumning asosiy mavzusi va kichik mavzulari, ularning batafsil tavsifi bilan BU YERDA tanishing.

Dasturga ariza topshirish bepul.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumga qabul qilingan 100 nafar ishtirokchining barchasi quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Bepul oziq-ovqat taʼminlanadi
  • Bepul turar joy (mehmonxona) taʼminlanadi.
  • Mehmonxonadan forum mashgʻulotlari boʻlib oʻtadigan joylarga qatnash uchun transport tashkillashtiriladi.
  • Forumda bepul ishtiok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Muhim: Forum tashkilotchilari Buenos-Ayres shahriga borish va qaytish xarajatlarini qoplamaydi, buni ishtirokchilarning oʻzi qoplashi kerak. Lekin oldingi yillardagi forumlarda ayrim ishtirokchilar bu xarajatni boshqa moliyalashtiruvchi manbalar orqali qoplagan (ularing tajribasi haqida BU YERDA oʻqing). Bu yilgi ishtirokchilar ham safar xarajatlarini qoplash uchun biror tashkilot bilan kelishishi mumkin. SABF bunday bu jarayonda har qanday yordamni koʻrsatishga tayyor.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablari quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabasi boʻlishi yoki 2023-yil yoxud 2024-yil universitetni (bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani) bitirgan boʻlishi kerak.
  • 1998-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan boʻlish lozim.
  • Ingliz yoki ispan tilini yetarli darajada bilish lozim (ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi).

Dasturga qabul jarayoni:

Forumga qatnashish uchun arizalar 2024-yil 6-aprelgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA toʻldiriladi. Ariza topshirish bepul.

Ariza toʻldirishda soʻralgan maʼlumotlarni kiritib, bir qancha savollarga javob yozish kerak boʻladi. Bu savollarga nomzodlar forum mavzusi yuzasidan oʻz fikr va qarashlarini keltirgan holda javob yozadi. Ushbu savollarga javoblar va toʻldirilgan ariza shakli asosida nomzodlar saralab olinadi.

Yozilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Tanlangan mavzu yoki kichik mavzuga aloqadorlik darajasi.
  • Ifodaning aniq va uygʻunligi.
  • Fikrlarga mantiqiy yondashish.
  • Vajlarning tarkibi.
  • Originallik va innovatsion fikrlar.
  • Joriy kontektsga aloqadorlik darajasi.

Ariza topshirilgandan keyin mavzuga oid insho (discussion) ham yozish kerak boʻladi. Avvalgi qabullarda muvaffaqiyatli yozilgan insholar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan students@sabf.org.ar elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!