×

South Arkanzas University (AQSh): xorijlik talabalar uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2118 marta

AQSHdagi The Southern Arkansas University (SAU) – Janubiy Arkanzas universiteti Arkanzas shtatining Kolumbiya okrugida joylashgan to’rt yillik o’quv muassasasidir. Oliygoh o’zidagi birinchi kurs bakalavr bosqichi talabalari uchun Xalqaro stipendiya dasturlarini taklif qilmoqda. SAU xalqaro talabalar uchun ikki asosiy turdagi stipendiya taklif qiladi:

  • Initial Scholarships – SAUga kiradigan birinchi kurs talabalari (freshmen) uchun stipendiyalar.
  • Retention Scholarship – SAUda o’qiyotgan xalqaro talabalar uchun stipendiyalar.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Initial Scholarships quyidagi uch turga bo’linadi:

  1. Non-Resident Scholarship – bir semestr uchun 1 515 AQSH dollariga teng mukofot (o’quv yili uchun 3030 AQSH dollari)
  2. International Excellence Scholarship – bir semestr uchun 2 500 AQSh dollariga teng mukofot (bir o’quv yili uchun 5 000 AQSH dollari).
  3. Presidential Scholarship – Har bir semestr uchun 5 500 AQSH dollariga teng mukofot (bir o’quv yili uchun 11 000 AQSH dollari)
  4. Retention Scholarship: semestr davomida taxminan 1 515 AQSh dollari (o’quv yili uchun 3030 AQSh dollari).

Quyidagi talablar bajarilganda stipendiyalar muddati uzaytirilishi mumkin:

  1. Talabaning o’rtacha baholari (GPA) kamida 3.0 bo’lishi kerak.
  2. Har semestrdagi fanlarni o’qishi va imtihonlaridan o’tishi zarur.
  3. Universitet hududidagi turar joyda istiqomat qilishi kerak.

Talablar:

  • Nomzod F – 1 talabalar vizasini olish uchun hujjat topshirgan bo’lishi kerak;
  • Nomzod o’rta ta’lim (maktab, kollej, litsey)ni muvaffaqiyatli tamomlab, universitetning birinchi kursiga qabul qilingan bo’lishi kerak;
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak;
  • Nomzod Initial Scholarships berish uchun New SAT va ACT testlariga qo’yilgan talablarga javob berishi kerak.

Initial Scholarships berish uchun New SAT va ACT testlariga qo’yilgan talablar:

  1. Non-Resident Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1160 va ACT kamida 24 bo’lishi kerak.
  2. International Excellence Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1270 va ACT kamida 27 bo’lishi kerak.
  3. Presidential Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1370 va ACT kamida 30 bo’lishi kerak.

Retention Scholarshipni yutib olish uchun qo’yilgan talablar:

  1. Nomzod universitet talabasi bo’lishi kerak.
  2. Initial Scholarshipsning biror turi bo’yicha stipendiya olmasligi kerak.
  3. Baholarining o’rtacha bali (GPA) 3.5dan yuqori bo’lishi kerak va har semestrdagi fanlarni o’qishi va imtihonlaridan o’tishi zarur.
  4. Universitet hududidagi turar joyda istiqomat qilishi kerak.
  5. Mazkur stipendiya uzog’i bilan 7 semestrgacha berilishi mumkin.

Quyidagi talablar bajarilgan holda stipendiyalar berish keyingi yillarga ham uzaytirilishi mumkin:

  1. Talabaning o’rtacha baholari (GPA) kamida 3.0 bo’lishi kerak;
  2. Har semestrdagi fanlarni o’qishi va imtihonlaridan o’tishi zarur.
  3. Universitet hududidagi turar joyda istiqomat qilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun hujjatlar 2019-yilning 15-martidan kechiktirmay taqdim etilishi zarur.

Kerakli hujjatlar:

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  • Ariza.
  • SAT va ACT testi natijalari.
  • Maktab attestati/kollej yoki litsey diploma.
  • Til sertifikatlari.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni savol-javoblardan topishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Telefon: 870-235-4040

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!