×

Special Program in Japanese and Eurasian Studies (SPJES): Yaponiyada magistratura uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

16.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

7701 marta

Yaponiyada joylashgan Tsukuba universitetida o’qitiladigan Special Program in Japanese and Eurasian Studies (SPJES) magistratura kursi Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon fuqarolari uchun maxsus tashkil etilgan. Kurs 18 oy davom etadi va bitiruvchilarga MA in International Public Policy (Master of Arts) diplomi beriladi. SPJES magistratura kursi BMT’ning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo’yicha o’qish va tadqiqotga ixtisoslashgan.

Bu dasturga har yili 10 nafargacha talaba qabul qilinadi. Va talabalarning koʻrsatkichlariga qarab, qabul qilingan 10 nafar talabaning barchasiga toʻliq grant ajratilishi mumkin. Grantlar Nippon jamgaʻrmasi tomonidan ajratiladi. O’qish ingliz tilida bo’ladi.

Oʻqish 2024-yil 1-oktabrdan boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  1. Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
  2. Talabaga Yaponiyaga kelish va vataniga qaytib ketish uchun aviachipta olib beriladi.
  3. Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi. Stipendiya 113 350 yenni (taxminan 800 AQSH dollari) tashkil qiladi. Bu miqdor o’zgarishi mumkin.

Ushbu magistrlik dasturiga ariza topshirib, qabul qilingan, lekin grantni qoʻlga kirita olmaganlar oʻz hisobidan oʻqishi mumkin boʻladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi kerak.
  • Bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlishi kerak. Yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi va magistratura kursi boshlangunicha bakalavrlik darajasini qoʻlga kiritshi kerak.
  • Nomzodlar 1985-yil 2-aprelda yoki undan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak.
  • Bakalavriat darajasiga ega boʻlish kerak. Hozirda bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotganlar ham ariza topshira oladi.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim. Kamida TOEFL IBT 80 (CBT 230, PBT 500) yoki IELTS 6,0 sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Lekin til sertifikati faqat saralashning 2-bosqichiga oʻtganlardan talab etiladi, hozirda til sertifikati yoʻq, lekin ingliz tilini biladigan nomzodlar ham ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar 2024-yil sentyabr oyining oxirgi haftasigacha Yaponiyaga yetib kela olishi kerak.
  • Quyidagi shartlarga mos boʻlgan nomzodlar ushbu grantga ariza topshira olmaydi:
    a) Allaqachon Nippon jamgʻarmasidan boshqa tashkilotdan grant yutib olgan boʻlsa.
    b) Nomzod bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan vaqtda ariza topshirsa, lekin magistratura kursi boshlangunicha bakalavriatni bitira olmasa.

Grantni qoʻlga kiritib, oʻqishni boshlagan talabalar Nippon jamgʻarmasi tomonidan grant sohiblari uchun tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi va bu kabi tadbirlar haqida qisqa hisobotlar taqdim etishi kerak boʻladi. Shuningdek, grant sohiblari haqidagi qisqa biografiya, ularning faoliyati, surati jamgʻarma saytlariga joylashtiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Qabul jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

1. Birinchi bosqich: grantga ariza topshirish. Bunda nomzodlar ariza shaklini toʻldirib, spca-info@ml.cc.tsukuba.ac.jp elektron pochta manziliga Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 15-yanvar, soat 18:59 gacha yuborishi kerak. Bu bosqichda ariza shaklidan boshqa hujjatlar, jumladan, ingliz tili sertifikati ham talab etilmaydi. Arizalar orasidan saralab olingan nomzodlar bilan 2024-yil fevral-mart oylarida Tsukuba universiteti qabul komissiyasi tomonidan intervyu/imtihon olinadi.

2. Ikkinchi bosqich: dasturga ariza topshirish. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar qoʻshimcha hujjatlarni topshirishi kerak boʻladi. Ikkinchi bosqichda nomzodning davlatida intervyu va imtihon boʻlib oʻtadi. Nomzod intervyu kunida barcha kerakli hujjatlarni (quyida koʻrsatilgan) olib borishi yoki pochta orqali quyidagi manzilga yuborishi kerak:

SPJES, Special Program in
Japanese and Eurasian Studies,
Degree Program in International
Public Policy,
Graduate School of Business
Sciences, Humanities and Social
Sciences, University of Tsukuba
Tennodai 1-1-1, Tsukuba-shi,
Ibaraki-ken
JAPAN 305-8571
E-Mail: spca-info@ml.cc.tsukuba.ac.jp

Ikkinchi bosqichagi intervyu aprel oyi oʻrtalarida boʻladi.

Quyida ikkinchi bosqichga oʻtgan nomzodlar taqdim etishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxati keltirilgan:

  • Dasturning ariza shakli (birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlarga ariza shakli taqdim etiladi).
  • 8 ta fotosurat (3×4 sm).
  • Tavsiyanoma (konvetda).
  • Nomzod bitirgan barcha bakalavrlik va magistrlik/PhD bosqichida olgan rasmiy baholari yoki yoki shu bosqichlarda olingan diplomlarning rasmiy nusxalari. Agar nomzod bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotgan boʻlsa, hozirchacha olgan baholarini topshiradi.
  • TOEFL, IELTS, GRE yoki shu kabi boshqa ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat. Kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng darajadagi boshqa xalqaro ingliz tili sertifikati talab etiladi. Sertifikat olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi lozim.

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi lozim.

MUHIM: Ariza topshrishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan spca-info@ml.cc.tsukuba.ac.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!