×

Special Scholarship Program: Yaponiyada doktorantura uchun toʻliq grant, oylik 1400 AQSh dollar maosh!


Grant

MUHLAT

18.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2996 marta

Yaponiyadagi Kochi texnologiya univrsiteti (KUT) muhandislik boʻyicha doktoranturada o‘qishni va tadqiqot olib borishni xohlovchilarga Special Scholarship Program (SSP) grant dasturini taklif etmoqda. G‘olib tadqiqotchilar 3 yil davomida universitetda o‘qib, oyiga 50 soat tadqiqot olib borish imkoniga ega bo‘ladilar. Dastur doirasida har bir yo‘nalish uchun 3 nafardan tadqoqotchi tanlab olinadi.

Grantlar Muhandislik fakulteti va Oliy muhandislik maktabi tomonidan taklif etiladigan taqdidot dasturlari boʻyicha doktoranturada oʻqish va tadqiqot olib borish uchun beriladi. Mavjud dasturlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan tadqiqotchiga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Kirish imtihoni (30 000 JPY), ro‘yxatdan o‘tish (300 000 JPY) to‘lovlaridan ozod qilinadi.
  • O‘qish to‘lovini toʻliq qoplash uchun mablag‘ ajratiladi (535 800 JPY).
  • Oylik maosh beriladi 150 000 JPY (taxminan 1358 AQSh dollar).
  • Sayohat va boshlang‘ich yasash xarajatlari uchun 150 000 JPY (taxminan 1 358 AQSh dollar) ajratiladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagicha:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod tadqiqot olib bormoqchi bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha tadqiqot/ilmiy rahbaridan ruxsatnoma olishi kerak.
  3. Nomzod davlat tan olgan oliygohlardan birida magistratura kursini tamomlagan bo‘lishi kerak.
  4. Nomzod 35 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.
  5. Nomzod oldingi bosqichlarda yuqori akademik ko‘rsatkichlar qayd etgan bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod KUT doktoranturasi talablariga javob berishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  8. Nomzod tadqiqot olib borish uchun yetarli bilim, tajriba va imliy salohiyatga ega bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

KUT Special Scholarship Program (SSP) dasturi uchun har yili 2 marta hujjatlar topshirish mumkin. Oliygohning 2022-yil aprelda boshlanadigan kurslari uchun arizalar 2021-yil 17-sentabrgacha va 2022-yil oktyabrda boshlanadigan kurslar uchun esa 2021-yil 17-sentyabrgacha (birinchi qabul) yoki 2022-yil 18-martgacha (ikkinchi qabul) qabul qilinadi. Dasturga ariza topshirish quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  1. SSP Research Project List ro‘yxatidan kerakli yo‘nalish tanlanadi.
  2. Online Pre-Application Request nomzod tanlagan yo‘nalish bo‘yicha tadqiqot/loyiha rahbariga jo‘natiladi (namunani so‘rash). Oliygohga hujjat topshirish uchun ilmiy rahbardan rozilik xati olish zaruriy hisoblanadi.
  3. Loyiha rahbaridan rozilik xati kelganidan so‘ng, barcha kerakli hujjatlar to‘planib, KUTga pochta/kuryer orqali yuboriladi.

Arizaning qog‘oz shaklidagi nusxasi va barcha kerakli hujjatlar quyidagi manzilga pochta/kuryer orqali yuborlishi zarur:

International Relations Section
Kochi University of Technology
Tosayamada, Kami City
Kochi 782-8502, JAPAN

Eslatma: barcha hujjatlar universitetga ariza topshirish muhlati tugagunicha yetib borishi kerak.

Natijalar 2021-yil dekabr (bahorgi semester uchun) va 2022-yil iyunda (kuzgi semestr uchun) e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Online Pre-Application Request Form (chop etilgan va imzolangan nusxasi).
  2. Tadqiqot/loyiha rahbaridan rozilik xati.
  3. Bakalavr, magistrlik diplomlari nusxasi.
  4. Bakalavr va magistratura baholardan ko‘chirma (diplom ilovasi).
  5. Magistrlik ishining qisqa mazmuni (tezis).
  6. Tadqiqot rejasi (batafsil tasvirlangan, tadqiqot jarayonlari, bosqichlari, ular uchun kerak bo‘ladigan jihozlar va kutilgan natija batafsil yoritilishi kerak).
  7. Tadqiqot mavzusidagi, obro‘li ilmiy jurnallarda chop etilgan, kamida 2 ta maqola.
  8. 2 ta tavsiyanoma (namuna).
  9. Tibbiy ma’lumotnoma (namuna).
  10. Tilni bilish sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).
  11. Tadqiqotchining reyting ko‘rsatkichi (agar mavjud bo‘lsa).
  12. Chop etilgan nashrlar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa).
  13. Passport nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz/yapon tilida bo‘lishi, boshqa tildegi hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan yuborilishi kerak. Ariza topshirish jarayoni va hujjatlar haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon­­­ bilan batafsil tanishib chiqing.

Bog‘lanish uchun:

Tel: +81-887-53-1130

E-mail: international@ml.kochi-tech.ac.jp

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!