×

SPIE International Day of Light: fotosuratlar tanlovida ishtirok etib, 2 500 AQSh dollariga ega bo’ling!


Grant

MUHLAT

16.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1305 marta

Xalqaro yorug’lik kuni va yorug’likning hayotimizdagi muhim o’rniga bag’ishlab o’tkazib kelinadigan SPIE International Day of Light fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Fototanlovda yorug’lik hamda yorug’likka asoslangan texnologiyalarning muhimligini aks ettiruvchi fotosuratlar bilan ishtirok etish mumkin. Tanlovning bu yilgi mavzusi: A World of Light: The Vital Role That Light and Light-Based Technologies Play in Daily Life. Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlarda quyidagilar aks etishi mumkin (mavzuga oid boshqa fotosuratlar ham qabul qilinadi):

  • Yorug’likning xususiyatlari va uning atrof-muhit, boshqa moddalar yoki tabiat bilan munosabati
  • Yorug’lik texnologiyalari (lazerlar, LED texnologiyalar va hkz.)
  • Mikroskop yoki teleskop kabi yorug’likka asoslangan texnologiyalar orqali yaratilgan suratlar
  • Inson va yorug’lik/yorug’lik texnologiyalari
  • Yorug’lik orqali inson hayotining yaxshilanishi.

13-17 yoshli ishtirokchilar uchun tanlovning Youth Contest yo’nalishi mavjud.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

1-o’rin uchun: 2 500 AQSh dollari pul mukofoti.

2-o’rin uchun: 1 000 AQSh dollari pul mukofoti.

3-o’rin uchun: 500 AQSh dollari pul mukofoti.

Yorug’lik texnologiyasiga oid eng yaxshi fotosurat uchun: 750 AQSh dollari pul mukofoti.

Yoshlar kategoriyasidagi (13-17 yoshli ishtirokchilar uchun) eng yaxshi fotosurat uchun: SPIE tashkiloti tomonidan sirli sovg’a.

Talablar:

  • Tanlovda 13 yoshdan boshlab barcha ishtirok etishi mumkin. 13-17 yoshli ishtirokchilar Youth Contest yo’nalishi bo’yicha ariza berishlari kerak.
  • Tanlovda havaskor va professional suratkashlar – barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga taqdim etilgan suratlar TIF va JPG/JPEG formatda bo’lishi zarur. Boshqa formatlar qabul qilinmaydi.
  • Fotosurat 300 dpi va kamida 3 000 piksel o’lchamda bo’lishi, hajmi 5-20 MB bo’lishi talab etiladi.
  • Tanlov nizomi va barcha talablar bilan bu yerda to’liq tanishishingiz mumkin

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda 2020-yil 16-sentyabrgacha ishtirok etish mumkin. Natijalar 16-oktyabrda e’lon qilinadi. 13-17 yoshli ishtirokchilar tanlovga bu yerda ariza berishadi. Boshqa ishtirokchilar tanlovga bu yerda ariza berishlari mumkin.

Ma’lumot uchun IDLinfo@spie.org elektron manziliga murojaat qiling. O’tgan yillardagi tanlovda g’olib chiqqan fotosuratlar bilan bu yerda (sahifa oxirida) tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!