×

Bournemouth University: sportchilar uchun 5 000 funt sterlinggacha grantlar; joy – 50 tagacha


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2418 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan The Bournemouth University oliy ta’lim muassasasi bakalavriat yoki undan keyingi bosqichlarda o’qishni xohlovchi sportchilar uchun ajratilgan Sport Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grantlar 2021-yil yanvar va sentyabrda boshlanadigan kurslar uchun beriladi. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan barcha bosqichlar va barcha yo’nalishlarda o’qish uchun beriladi. Dastur maqsadi – iqtidorli va yuqori natijalarga erishgan sportsmenlarni universitetga jalb qilish va ularni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Kurslar ro’yxati

Dastur doirasida 45-50 nafar talabaga grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda o'qishni xohlovchi sportsmenlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grant doirasida talabaga 500 funt sterlingdan 5000 funt sterlinggacha mablag’ ajratiladi. Talaba ushbu mablag’ni o’z sporti sohasida ishlatishi (trenerlik kursi uchun, sport tovarlari sotib olish, sport turnirlarida qantashish to’lovlari kabilar uchun) kerak bo’ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod univeristetning bakalariat yoki undan keyingi bosqichlrida to’liq ta’lim uchun hujjat topshirayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’z sport sohasi bo’yicha yuqori potensial va ko’rsatkichlarga ega hamda ‘zining sport sohasidagi faoliyatini yaxshilashga intiluvchan bo’lishi kerak.
  • Shuningdek, nomzod o’zi tanlagan yo’nalishi uchun qo’yilgan talablarga ham mos bo’lishi kerak. Bu talablar bilan yo’nalishlarni tanlab, tanishib chiqish mumkin.
  • Nomzodning ingliz tilisi yaxshi bo’lishi erak. Ko’pgina yo’nalishlarga IELTS 6 so’raladi. Yo’nalishga qarab IELTS ga qo’yilgan talab farq qilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Nomzod dastlab bakalavriat yoki undan yuqori bosqichlardagi birorta yo’nalishga hujjat topshirishi kerak. Keyin grant uchun onlayn ariza to’ldiriladi. Bundan tashqari, nomzod yuqori natijalarga erishgan murabbiy yoki milliy terma jamoalardagi murabbiylardan ikkita tavsiyanomaga ham ega bo’lishi kerak. Tavsiyanomalar bevosita murabbiylar tomonidan onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi.

Yanvardan o’qishni boshlashni rejalashtirayotganlar uchun hujjat topshirishning oxirgi muhlati 30-noyabr, sentyabrda o’qishni boshlashni rejalashtirayotganlar uchun esa hujjat topshirishning oxirgi muhlati 31-avgust  hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: enquiries@bournemouth.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!