Spotlight Digital Challenge – gender zoʻravonlik muammolarini hal qilish boʻyicha raqamli mahsulotlar haqidagi gʻoyalarni taklif qilish talab etiladigan marafondir. Ushbu marafonda qatnashish uchun dasturlash koʻnikmasiga ega boʻlish tala etilmaydi.
Marafon onlayn tarzda oʻtkaziladi. Unda ishtirokchilar 3-5 kishilik jamoa sifatida qatnashadi va har bir jamoaga ayol-qizlarga qarshi gender zoʻravonlik muammolarini hal qilish boʻyicha biror texnologiya (masalan, mobil ilova yoki veb-xizmatlar) gʻoyasini taklif qilish uchun 48 soat vaqt beriladi. Marafondagi mutaxassislar ishtirokchilarga muammoning mohiyatini tushunishda yordam beradi.
Marafon quyidagi 3 ta yoʻnalish (trek) boʻyicha boʻlib oʻtadi:
- Zoʻravonlikning oldini olish
- Zoʻravonlik haqida axborot toʻplash
- Zoʻravonlikka uchraganlarga yordam berish
Marafon rus tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
18-35 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Marafonning mukofot jamgʻarmasi 20 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Eng yaxshi gʻoyalarni taklif etgan jamoalar oʻrtasida ushbu mukofot summasi quyidagicha taqsimaladi:
- Har bir yoʻnalish boʻyicha:
– 1-oʻringa 2500 dollar;
– 2-oʻringa 1500 dollar;
– 3-oʻringa 1000 dollar; - “Original gʻoya” nominatsiyasi boʻyicha 3 tagacha jamoaga 1000 dollardan.
- “Kreativ taqdimot” nomitasiyasi boʻyicha 1 ta jamoaga 1000 dollar.
- “Texnik tatbiq qilish” nominatsiyasi boʻyicha 1 ta jamoga 1000 dollar.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston yoki Turkmaniston fuqarosi boʻlish kerak.
- 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlish kerak.
- Barqaror internet aloqasi, veb-kamera va mikrofondan foydalanish imkoniga ega boʻlish kerak (marafon onlayn boʻladi).
- Dasturlash koʻnikmalariga ega boʻlish shart emas.
Dasturga qabul jarayoni:
Marafonda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish va qatnashish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Dastlab, marafon saytida roʻyxatdan oʻtiladi. Roʻyxatdan oʻtish 2022-yil 29-mart kuni yakunlanadi.Biroq marafonda qatnashmoqchi boʻlganlar 2022-yil 26-27-mart kuni boʻlib oʻtadigan marafon boʻyicha taʼlim dasturida qatnashishi lozim (dastur haqida quyiroqda maʼlumot berilgan).
2. Marafonda qatnashish uchun onlayn ariza toʻldiriladi (2022-yil 29-martgacha). Ariza shaklini toʻldirishda soʻralgan maʼlumotlar kiritilishi, marafonda qatnashish motivatsiyasi ifodalab berilishi kerak. Arizalar koʻrib chiqilib, marofonga qabul qilinadi.
3. Jamoa tuziladi. Platformada ishtirokchilar jamoa tuzadi (oldindan kelishib, alohida roʻyxatdan oʻtib, keyin platformada jamoa tuzsa ham boʻladi). Agar oldindan tuzilgan jamoa boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtgan boshqa ishtirokchilar bilan birga jamoa tuziladi.
4. 2022-yil 1-3-aprelda marodon boʻlib oʻtadi.
MUHIM: 2022-yil 26-27-mart kunlari marofon boʻyicha taʼlim dasturi oʻtkaziladi. Marafonda ishtirok etmoqchi boʻlganlar ushbu dasturda qatnashishi lozim (qatnashish bepul). Mazkur taʼlim dasturida qatnashish uchun BU YERDA roʻyxatdan oʻting.
Marafon haqida batafsil maʼlumotni marafonning rasmiy sayti va qoidalaridan olishingiz mumkin.
Marafon yuzasidan savollarni marafonning telegram chatida yoki ask@pgenesis.ru pochtasiga yozish orqali soʻrashingiz mumkin.