×

Stamps Scholars: AQSh universitetlari uchun 300000 AQSh dollarigacha moliyaviy yordam dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1976 marta

Xorijlik talabalarni qo’llab-quvvatlovchi Stamps Scholars moliyaviy yordam dasturi o’zining Strive Foundation grant dasturi orqali AQSh universitetlarida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Stamps Scholars bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi bir qancha AQSh universitetlari uchun ajratilgan. Hamkor universitetlar ro’yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Grant dasturidan asosiy maqsad shu oliygohlarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Mazkur dasturga hujjat topshirish muhlati dastur bilan hamkorlik qiluvchi universitetlarning qabul muddatiga qarab farq qiladi. Qabul muddatlari bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar yiliga 5400-75000 AQSh dollari miqdorida yordami puli bilan ta’minlanadilar. Ushbu qiymat 4 yillik ta’lim bosqichlari uchun 21600-300000 AQSh dollari miqdorida belgilanadi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Hamkor oliygohlarning istalgan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Oliygohlarga qabul muddatlari haqida bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod yuqori akademik ko’rsatkichlarga erishgan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Hamkor oliygoh kurslarining istalgan biriga hujjat topshirish kifoya. Hamkor oliygohlarning hujjat topshirish muddatlari bir biridan farq qilishi mumkin, batafsil bu yerda. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun info@stampsscholars.org  elektron manziliga  murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!