×

Stamps Scholarship: AQSHda bakalavr kursi uchun toʻliq grant, bepul turar joy va tadqiqotlar uchun 12 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

01.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

28374 marta

AQSHning Mayami shtatida joylashgan Mayami universiteti (UM) bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlarga The Stamps Scholarship grant dasturini taklif etadi. Mazkur grant universitetning bakalavr talabalariga taklif etadigan eng nufuzli stipendiyasi hisoblanadi. Dastur umidli, favqulodda yuqori ilmiy salohiyatga ega boʻlgan talabalarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu mukofotga sazovor boʻlganlar quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  • Kontrakt summasi va boshqa toʻlovlar toʻliq qoplanadi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Bepul ovqatlanish imkoni yaratiladi.
  • Tibbiy sugʻurtalanadi.
  • Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Chet eldagi talaba almashinuv va amaliyot dasturlarida qatnashish, tadqiqotlar oʻtkazish uchun qoʻshimcha 12 000 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ ajratiladi
  • Shuningdek, talabaga The Stamps Scholars sovrindorlarining On-Campus Communities va National Communities jamoalariga aʻzo boʻlish, akademik va ilmiy tadqiqot loyihalarini, madaniy va etakchilik dasturlarini qoʻllab-quvvatlash, chet elda oʻqish, anjumanlar va boshqa mintaqaviy konferentsiyalar, shuningdek onlayn tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Talablar:

Nozmod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Istalgan davlat fuqarosi bu grantga daʼvogarlik qila oladi.
  2. Nomzod UMning bakalavr kurslaridan biriga 2023-yilning 1-noyabrigacha hujjat topshirgan boʻlishi / hujjat topshirishi kerak.
  3. Bu grant oʻrta taʼlim muassasasining (kollej, litsey, 11 yillik maktab) oxirgi sinfi/kursida oʻqiyotgan vaqtida hujjat topshirganlarga (high school seniors) beriladi.
  4. 2024-yilning bahorgi yoki kuzgi semestridan oʻqishni boshlash uchun ariza topshirayotganlar uchun SAT va/yoki ACT testlari natijalarini topshirish majburiy emas, lekin boʻlsa, topshirish tavsiya etiladi.
  5. Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. IELTS 6.5 yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikati topshirish talab etiladi.
  6. Stipendiyaning keyingi semestrlarga ham choʻzilishi uchun nomzodning GPA koʻrsatkichi 3.0/4.0 balldan kam boʻlmasligi kerak.
  7. Oʻqish boshlangach, grantni qoʻlga kiritgan talaba bir semestrda kamida 12 kredit soat, bir oʻquv yilida 24 kredit soat oʻqishi kerak.
  8. Stipendiatning boshqa biror manba/grant dasturidan stipendiya/moddiy yordam olishi grant shartlarining qayta koʻrib chiqilishiga olib keladi.
  9. Nomzod oʻzi tanlagan bakalavrlik dasturining qabul talablariga javob berishi va shu dasturga qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Garantga alohida ariza topshirilmaydi. Erta qabul vaqtida bakalavriat dasturlariga ariza topshirgan va yuqoridagi talablarga javob beradigan barcha nomzodlar ushbu grant uchun talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Hozirda 2024-yilning bahorgi yoki kuzgi semestridan oʻqishni boshlash uchun ariza topshirish mumkin. Stamps Scholarship grantiga talabgor sifatida koʻrib chiqilishni xohlagan nomzodlar 2023-yil 1-noyabrgacha Mayami universitetidagi birorta bakalavrlik dasturiga ariza topshirishi loim..

Hujjatlar Common Application tizimi orqali topshiriladi. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Asosiy kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Arizalarni koʻrib chiqish uchun toʻlov (70 AQSh dollari).
  3. Maktab attestati yoki kollej/litsey diplomi (oʻqishni hali bitirmaganlar hozirgacha olgan baholarini topshiradi). Oʻrta taʼlimni AQSHdan tashqarida tamomlaganlar/oʻqiyotganlar baholarini qay tarzda topshirishi lozimligi BU YERDA keltirilgan.
  4. SAT/ACT testi natijalari (agar boʻlsa).
  5. Maktabdan hisobot (School Report). Bu Common Application tizimida mavjud va uni oʻzingiz oʻqiydigan maktab, kollej yoki litseydagi masʼul xodim/oʻqituvchi toʻldiradi.
  6. Tavsiyanoma.
  7. Personal Statement (650 soʻzdan iborat).
  8. Esse (250 soʻzdan iborat).
  9. Moliyaviy sertifikat shakli.  Bu shaklni ham onlayn arizadan topasiz.
  10. Ba’zi yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin.

Soʻraladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarning original tildagi nusxasi va notarial tasdiqlangan inglizcha tarjimasi talab etiladi.

Saralash jarayoni:

Topshirgan hujjatlari asosida saralab olingan yarim finalchi nomzodlar belgilangan mavzuda insho yozishi kerak boʻladi.

Finalistlar ariza, hujjatlar toʻplami, esse natijalariga koʻra yanvar oyi oxirida eʼlon qilinadi.

Final bosqichida nomzodlar Stamps Family Charitable Foundation tomonidan suhbatga chaqiriladi va natijalar mart oyi boshlarida eʼlon qilinadi.

Stamps Scholarship stipendiyasi gʻoliblaridan aprel oyi boshida boʻlib oʻtadigan University of Miami’s scholarship program dasturida ishtirok etishlari talab etiladi. Ushbu dastur davomida stipendiatlar universitet fakultetlari, olim va tadqiqotchilari bilan uchrashadilar hamda taʻlim yoʻnalishi haqida maʼlumotlarga ega boʻladilar.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: 305-284-6000

E-mail: admission@miami.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!