×

Stanford University: PhD uchun yillik 46 000 AQSh dollar grant; joy – 100 ta!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1544 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Stanford University navbatdagi SGF: Stanford Graduate Fellowship in Science & Engineering Details dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-oʻquv yilida universitetning tibbiyot maktabida oʻqitiladigan tabiiy fanlar, ijtimoiy, gumanitar, fundamental fanlar, matematika, statistika, muhandislik va ta’lim boʻyicha grant berilishi mumkin boʻlgan PhD bosqichiga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar mahalliy va xorijlik talabalar uchun ajratiladi. Ushbu stipendiya ikki-uch yilga beriladi. Grantga nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin. Grant taxminan 100 nafar nomzodga ajratiladi. Grant beriladigan boʻlim va sohalar haqida: shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ikki-uch yil davomida kontrakt toʻlovi uchun har chorakda 11 500 USD dan bir yilga 46 000 USD beriladi. Oʻqish muddatining davomiyligiga qarab stipendiya koʻpaytirilishi mumkin. Masalan, ijtimoiy fanlar yoʻnalishlarida jami oʻqish muddati 8-10 chorak, demak, 2,5 yil, grant hajmi 92 000-115 000 USD, muhandislik kurslarida esa 11 chorak. Shunga koʻra stipendiya hajmi ham salkam 3 yilga 126 000 USDni tashkil etadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Stanford Universityning PhD kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  6. Nomzod tanlagan sohasi boʻyicha kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
  7. Nomzod sohaga oid tadqiqotlarda ishtirok etgan boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet fakultet/boʻlimlaridagi PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grant beriladigan boʻlim/sohalarning har biri alohida qabul talablariga eg. Shuningdek, dedlayn muddatlari ham farq qiladi. Shu sababli aniq dedlayn muddati belgilanmagan. Muddat va talablarni tanlagan kurs sahifasidan yoki fakultet/boʻlimdan aniqlash lozim.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  • Grantga nomzod oʻzi ariza bera olmaydi. Nomzodni fakultet yoki boʻlim rahbariyati koʻrsatadi. Shuning uchun nomzod avval oʻqishga kirishi kerak.
  • Grant beriladigan fakultet/boʻlimlaridagi PhD kurslari roʻyxati: shu yerda.
  • Roʻyxatdan oʻzingizga mos keladigan kursni tanlang va oʻqishga ariza bering.
  • Grantga ariza berish uchun esa, avvalo talab va cheklovlarni oʻqib chiqing.
  • Grant borasidagi savollar yuzasidan va yoʻriqnoma olish uchun vpgefellowships@stanford.edu yoki sgfteam@stanford.edu elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • CV/resume.
  • Research proposal.
  • Cover letter.
  • Diplom va diplom ilovalari.
  • Ish tajribasi va erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
  • Esse yoki motivatsion xat (agar lozim boʻlsa).
  • Test natijalari (GMAT, GRE, TOEFL/IELTS).

Nomzodlar a’lo baholari, yetakchilik qobiliyati, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan imkon qadar tez fursatda bogʻlaniladi.

Ma’lumot uchun: vpgefellowships@stanford.edu; sgfteam@stanford.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!