×

Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi: kontrak puli qoplanadi, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!


Grant

MUHLAT

05.01.2025

QOLGAN VAQT

162 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

19959 marta

Stenford universiteti har yili bakalavriatga taxminan 1700 nafar talabani qabul qiladi. Qabul qilingan talabalarning barchasi, agar arizada moliyaviy yordam kerak deb koʻrsatgan boʻlsa, moliyaviy ehtiyoj (Financial need) yuzasidan baholanadi hamda talabalarning moliyaviy holatiga qarab toʻliq yoki qisman moliyaviy yordam mablagʻi ajratiladi. Bu mablagʻ talabalarga begʻaraz yordam shaklida taqdim etiladi va uni keyinchalik qaytarish talab etilmaydi.

Maʼlumot uchun: Stenford universiteti duyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil iyun oyi holatiga koʻra, Stenford universiteti dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 2-oʻrinni egallab turibdi (THE reytinggi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

  • Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, odatda talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.
  • Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 100 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, odatda talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Ushbu moliyaviy yordam dasturi arizada moliyaviy yordam kerak deb koʻrsatgan va oʻqishga qabul qilingan har bir talaba uchun amal qiladi. Arizada moliyaviy yordam soʻramagan talabalar oʻqish tugagunicha bunday yordamni soʻrab murojaat qila olmaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Universitetga istalgan davlat fuqarolari topshira oladi.
  • Nomzodlar oʻrta taʼlim (maktab, litsey yoki kollej) diplomiga ega boʻlishi yoki oʻqish boshlanguniga qadar diplomni qoʻlga kiritishi kerak.
  • 2025-yil kuzidan oʻqishni boshlash uchun ariza to“shiruvchi nomzodlardan SAT yoki ACT sertifikatini taqdim etish talab etilmaydi. Lekin bunday sertifikatga ega boʻlish va uni topshirish qabul jarayonida ijobiy jihatdan hisobga olinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. IELTS yoki TOEFL kabi sertifikatlarni topshirish majburiy emas, lekin boʻlsa, topshirgan maʼqul.

Xalqaro talabalarga qoʻyilgan talablar bilan umumiy ravishda BU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar qabuli har yili avgust oyida boshlanadi va  1-noyabrgacha (Erta qabul) yoki 5-yanvargacha (Odatiy qabul) davom etadi. Biroq sanʼatga oid yoʻnalishlarga topshirayotganlarning porfolio yoki portfolio uchun materaillarni topshirish sanalari biroz ertaroq. Hujjat topshirish sanalari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlanadigan oʻqish uchun arizalar 2024-yil 1-noyabr va 2025-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagilarni taqdim etishi / topshirishi lozim:

  • Common Application  ariza shakli.
  • 90 dollar miqdorida ariza toʻlovi yoki bu toʻlovni bekor qilish soʻrovi.
  • ACT yoki SAT natijalarini topshirish majburiy emas, lekin bor boʻlsa va topshirilsa, qabul jarayonida ijobiy jihatdan taʼsir qilishi mumkin. Bu hujjatlar uchun aniq ball belgilab qoʻyilmagan. Batafsil maʼlumotni bu yerdan topasiz.
  • Maktabdan hisobot va direktor yoki direktor oʻrinbosaridan tavsiyanoma. Bularning qanday topshirilishi haqida BU YERDA tanishing (School Report and Counselor Recommendation).
  • Oʻtilgan fanlardan olingan baholar.
  • 2 ta oʻqituvchidan tavsiyanoma.
  • Birinchi yarim yillik hisoboti (15-fevralgacha topshirilishi kerak). Bu hujjat oʻquv muassasasidagi maslahatchi tomonidan tayyorlanadi va topshiriladi. Unda oʻquvning oxirgi kurs / sinfning birinchi yarim yillikdagi oʻzlashtirish darajasi aks etadi. Oʻzbekistonda maslahatchi lavozimi yoʻqligi sababli bu hujjatni direktor yoki direktor oʻrinbosari yoki biror mas’ul o’qituvchi topshirsa boʻladi.
  • Ariza topshirihda isholar yozish va bir qancha savollarga javob berish soʻraladi. Insholar va savollar haqida bu yerda batafsil tanishing.

Shuningdek, sanʼatga oid yoʻnalishga ariza topshirgan talabalar Sanʼat portfoliosini ham taqdim etishi mumkin, lekin bu majburiy hujjat hisoblanmayi (topshirish tavsiya etiladi).

Kerakli hujjatlar roʻyxati haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

MUHIM: Ariza topshrishga kirishishdan oldin xalqaro talabalarning qabul haqidagi sahifani batafsil oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!