×

Steppe Sisters and Humboldtians Early Career Conference: Ayol-qiz tadqiqotchilar uchun Toshkentda 3 kunlik xalqaro konferensiya; qatnashish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1801 marta

Steppe Sisters tarmogʻi Alexander von Humboldt jamgʻarmasining moliyaviy koʻmagi asosida Markaziy va Ichki Osiyo tarixi, arxeologiyasi, ekologiyasi va antropologiyasi sohalari boʻyicha tadqiqot olib boruvchi ayol-qiz tadqiqotchilar uchun 3 kunlik konferensiya tashkillashtirmoqda. Konferensiya 2022-yil 5-7-sentabr kunlari Toshkentdagi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazida boʻlib oʻtadi.

Ushbu konferensiya yuqorida tilga olingan sohalardagi ayol-qiz tadqiqotchilarning tegishli koʻnikmalarini oshirishga moʻljallangan.

Konferensiyaning 2 kuni seminar va seanslarga bagʻishlangan, qolgan 1 kunida esa muzeyga tashrif buyuriladi. Seminarlarda aspiranturaga ariza topshirish va aspiranturada muvaffaqiyat qozonish, qanday qilib postdoktorantura tadqiqotini olib borish va tashqi moliyalshtirish manbalarini topish, ilmiy ish tadqimotini qanday amalga osshirish, soha va muassasa sharoitida qiyin vaziyatlarda qanday muzokara olib borish kabi mavzular qamrab olinadi.

Shuningdek, dala ishlarini tashkil etish, arxeologik dasturlar va manbalar, madaniy meros boshqaruvi, muzeylar va sanʼat yarmarkarali hamda konferensiya ishtirokchilari uchun qiziqarli boʻlgan boshqa mavzular boʻyicha ham seanslar oʻtkaziladi.

Konferensiya mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi. Ayrim seanslar soʻrov asosida rus yoki oʻzbek tilida oʻtkazilishi ham mumkin. Rus va/yoki oʻzbek tiliga tarjima xizmati ham joriy etilishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Markaziy va Ichki Osiyo tarixi, arxeologiyasi, ekologiyasi va antropologiyasi sohalari boʻyicha tadqiqot olib boruvchi ayol-qiz tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada ishtirok etish uchun qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishi mumkin:

  • Alexander von Humboldt jamgʻarmasi safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratadi. Nomzod ariza shaklida Toshkentga borish uchun ketadigan taxminiy safar xarajatlari miqdorini koʻrsatishi kerak.
  • Konferensiya davomida barcha ishtirokchilar taom bilan taʼminlanadi.
  • Soʻrov asosida turar joy bilan taʼminlash imkoniyati mavjud (talabalar yotoqxonasidan joy ajratiladi).
  • Farzandli ishtirokchilar uchun konferensiya vaqtida farzandiga qarab turish xizmati ham taʼminlanadi. Agar farzandingizga qarab turish xizmati ham kerak boʻlsa, tashkilotchilar bilan bogʻlanib, bu haqida aytish kerak va ular bu uchun sharoitlarni taʼminlaydi.
  • Konferensiyada qatnashish uchun ariza berish va unda qatnashish bepul.

Ishtirokchilar soni va moliyalashtirish mablagʻlari chegaralangani bois barcha ariza beruvchilar qabul qilinmasligi mumkin. Agar tadqiqot olib borayotgan muassasangiz safar va konferensiya davomida Toshkentda boʻlish xarajatlarini qisman yoki toʻliq qoplab bersa, buni ariza shaklida koʻrsating. Bu qoʻshimcha ishtirokchilarni qabul qilish imkonini beradi. Shuningdek, konferensiyaga qatnashish xarajatlarini oʻz yonidan qoplash orqali ham qatnashish mumkin.

 

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Markaziy va Ichki Osiyo tarixi, arxeologiyasi, ekologiyasi va antropologiyasi sohalari boʻyicha tadqiqot olib boruvchi ayol-qiz tadqiqotchilar ariza topshirishi mumkin. Magistrlar, doktorantlar va postdoktor tadqiqotchilarning ariza berishi qoʻllab-quvvatlanadi.
  • Nomzodlar tadqiqot faoliyatini boshlaganiga koʻp boʻlmagan boʻlishi kerak (early career researchers; odatda tadqiqot faoliyatini boshlaganiga 5 yildan oshmaganlar bu toifaga kiritiladi, lekin bundan biroz uzoqroq muddat tadqiqot faoliyatini boshlaganlarga ham ariza berish tavsiya etiladi).
  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston yoki Moʻgulistondan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 15-maygacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin konferensiya haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qoʻshimcha savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin: hello@steppesisters.org.

Ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻliq yoki qisman moliyalashtirish masalalari boʻyicha savollar yuzasidan Dilnoza Duturaevaga quyidagi email orqali murojaat qilishingiz mumkin: dilnoza.duturaeva@ehess.fr.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!