×

Stipendium Copernicus: Bakalavr va magistralarga Germaniyada bir semestr o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

39721 marta

Copernicus dasturi Markaziy Osiyo, Janubiy Afrika, Sharqiy va Markaziy Yevropadan boʻlgan bakalavriat va magistratura talabalariga 1 semestr (6 oy) davomida Germaniyada taʼlim olish va amaliyot oʻtash imkoniyatini beradi. Talabalar yozgi (apreldan sentyabr oxirigacha) yoki qishki (oktyabrdan mart oxirigacha) semestrda mazkur dasturga qatnashishlari mumkin.

Dasturning dastlabki 3 oyi davomida talabalar Gamburg universitetidagi oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadi, keyingi 2-3 oyda esa kompaniyalar, hukumat organlari yoki tashkilotlarda amaliyot oʻtashadi.

Dasturdan turli ma’ruzalar, seminarlar va o’quv guruhlari joy olgan. Gamburg universitetlarida mavjud barcha sohalar bo’yicha 1 semestrli grant yutib olish mumkin. Ishtirokchilardan 1 semestr davomida kamida 3 ta fanni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishi talab etiladi. Ushbu fanlarni talabaning oʻzi tanlaydi.

Dastur nemis tilida olib boriladi, ingliz tilida qatnashib boʻlmaydi.

Avvalgi yillarda ushbu grantni yutib olganlar bilan BU YERDA tanishing (oʻzbeklar ham bor).

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistrlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Talabaning aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
  • Semestr uchun oʻqish toʻlovi toʻlab beriladi.
  • Talabaning turar joy, sug’urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
  • Talabaga oyiga 310 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Copernicus talabalarni yoki mezbon oilalarga yoki talabalar yotoqxonasiga joylashtiradi. Odatda talabalarning katta qismi mezbon oilalarda yashaydi.

Talablar:

Dasturga ariza topshira olish uchun nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzodlar quyidagi sohalardan birida tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
    – Huquqshunoslik / Yurisprudensiya.
    – Politologiya / Xalqaro munosabatlar.
    – Iqtisodiyot.
    – Gumanitar va ijtimoiy fanlar.
    – Tabiiy fanlar.
    – Tibbiyot.
    – Arxitektura va Gamburg universitetida mavjud boshqa sohalar.
  • Bakalavriat talabalari ham, magistratura talabalari ham grant dasturi boshlanganida kamida 1 semestr oʻqishni tugatgan boʻlishi lozim. Istisno: tibbiyot sohasida tahsil olayotgan talabalar Gamburgdagi 1 semestrlik dastur davomida oʻzi oʻqiydigan universitetdagi taʼlimning 4 yoki 5-yilini oʻqiyotgan talaba boʻlishi lozim.
  • Aspirant va doktorantlar (magistrlik darajasi imtihonlarini topshirib boʻlganlar) ushbu dasturga qatnasha olmaydi. Bakalavriatni bitirgan, lekin hali magisstraturada oʻqishni boshlamagan talabalar ham hujjat topshirishlari mumkin. Biroq dastur boshlanganida ular magistraturaga kirgan va magistraturaning 1-semestrini tugatgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod nemis tilini kamida B2 yoki C1 darajasida bilishi va buni tasdiqlashi kerak. Dasturga faqat nemis tilida o’qish uchun moʻljallangan, ingliz tilida topshirib boʻlmaydi.
  • Kamida 4 oydan beri Germaniyada boʻlib turgan yoki allaqachon Germaniyada 1 semestr oʻqigan talabalar bu dasturga topshira olmaydi.
  • Nomzod  Germaniyadan qaytganidan keyin oʻzi tahsil olayotgan universitetdagi oʻqishining tugashiga kamida 6 oy qolishi kerak (yaʼni Germaniyadan qaytib kamida 6 oy oʻziningiz universitetda oʻqishingiz kerak).
  • Hujjat topshirish vaqtida talabaning yoshi kamida 18 da boʻlishi kerak.
  • Nomzod volontyorlik faoliyati bilan shugʻullangan boʻlishi kerak. Masalan, boshqalarga bepul yordam bergan boʻlishi yoki umumiy farovonlik uchun bepul qandaydir ish qilgan boʻlish kerak. Agar olingan pul orqali talaba universitetdagi oʻqishi yoki oilasiga yordam berish uchun sarflagan boʻlsa, boshqalarga yordami / foydasi tegadigan,  lekin haq toʻlanadigan ish/faoliyat ham hisobga olinishi mumkin.
  • Shuningdek, nomzodlardan quyidagilar kutiladi:
    – Germaniyada oʻqish uchun alohida qiziqishga ega boʻlish
    – Mezbon oilada hayot kechirishni noyob imkoniyat sifatida qabul qilish
    – Mahalliy darajada Dopernicus dasturini tashkillashtirishga yordam berish uchun tayyorlik.

Talablar bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar har yili ikki marta qabul qilinadi:

  • Keyingi yil bahorgi (1-apreldan boshlanadigan) semestr uchun – 1-sentyabrgacha.
  • Keyingi yil qishki (1-oktyabrdan boshlanadigan) semestr uchun – 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin hujjat topshirish muddati – 2023-yil 1-mart.

Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

Arizani toʻldirish jarayonida quyidagi hujjatlar ham yuklanadi:

  • Rezyume.
  • Nomzodning ijtimoiy faollik faoliyati haqida maʼlumot.
  • Mezbon oilaga xat.
  • Maktab attestati yoki /kollej/litsey diplomi hamda olingan baholar. Bu hujjatlar nemis tiliga tarjima qilinishi kerak, buni nomzodning oʻzi mustaqil tarjima qilib topshirsa ham boʻladi. Bu hujjatlarda nomzod aynan necha soat nemis tili dasri oʻtgani koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Nemis tili darsi oʻtilmaganlar nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (masalan, Gyote universitetidan hujjat) topshirishi mumkin. 
  • Talabaning baholar daftarchasi nusxasi.
  • Nomzodning nemis tili  darajasi B2 , C1 yoki C2 ekanini tasdiqlovchi hujjat. DAAD yoki Gyote universiteti sertifikati yoxud ingliz tili oʻqituvchisi yoki universitetdan sertifkat (hujjat) topshirish mumkin. Bu hujjatda nomzodning til birish darajasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. TestDaf, DHS va boshqa xalqaro nemis tili malakasi hujjatlari nusxasini topshirish ham mumkin.
  • Fotosurat. Pasport fotosurati oʻlchamida boʻladi.
  • Portfolio. Buni faqatgina Gamburg universitetning arxitektura fakultetida oʻqish uchun grantga ariza topshirayotgan talabalar taqdim etadi, boshqa talabalar bu hujjatni topshirmaydi.

Hujjatlar nemis tilida tayyorlanishi, boshqa tilda boʻlgan hujjatlar nemis tiliga tarjima qilinishi kerak. tarjimani nomzodning oʻzi qilib, topshirishi ham mumkin.

MUHIM: Hujjatlarga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

Shuningdek, ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollarni diqqat bilan oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDA murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!