×

Study a Master’s in Europe Scholarship: Yevropada magistratura kurslari uchun 5 000 yevrogacha grant


Grant

MUHLAT

17.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

2205 marta

Educations.com sayti tomonidan taqdim etiladigan Study a Master’s in Europe Scholarship grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Yevropadagi istalgan davlatda magistratura kursida o’qish uchun taqdim etiladi. Grantlarni Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududidan tashqaridagi davlat fuqarolari yutib olishlari  mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori 5 000 yevrogacha bo’lishi mumkin. Agar talaba o’qishga kirgan universitet o’qish to’lovi 5 000 yevrodan ortiq bo’lsa, grant o’qish to’lovining 5 000 yevro miqdorini qoplaydi. Agar kontrakt miqdori 5 000 yevrodan kam bo’lsa, grant o’qish to’lovini butunlay qoplab beradi, ammo qo’shimcha mablag’ berilmaydi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi yoki 2021-yil kuzgacha bakalavr kursini tamomlashi kerak.
  • Nomzod Yevropa davlatlarida joylashgan universitetlardan biridagi magistratura kursiga 2021-yil kuzgi semestr uchun hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirgan kurs tilidan sertifikatga ega bo’lishi kerak. Masalan, nomzod nemis tilida o’qitiladigan magistratura kursiga hujjat topshirgan bo’lsa nemis tili sertifikatini, ingliz tilida o’qitiladigan kursga hujjat topshirgan bo’lsa ingliz tili sertifikatini taqdim etishi zarur.
  • Nomzod yuqori baholarga o’qigan bo’lishi, o’qishga oid va o’qishdan tashqari yutuqlarga erishgan, dunyoqarashi keng shaxs bo’lishi zarur.
  • Grantlar masofaviy (onlayn) magistratura kurslari uchun ham, universitet hududida bo’ladigan kurslar uchun ham beriladi. Barcha qoida va talablar

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun 2021-yil 17-maygacha bu yerda hujjat topshirishingiz mumkin. G’oliblar 5-iyuldan keyin e’lon qilinadi. Grant arizasida quyidagi mavzuga 500-700 so’zli insho talab etiladi:

«Why did you choose your study abroad country, and how will it help you grow as a globally-minded leader?»

Qaysi davlatdagi universitetga hujjat topshirishni bilmayapsizmi? Yevropadagi o’qish uchun eng yaxshi 10 ta davlat ro’yxati bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!