×

Summer Internship 2021 Stockholm R&D: mashhur kompaniyada onlayn amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

24.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1891 marta

Shvetsiyaning Stokgolm shahrida joylashgan nufuzli aloqa va telekommunikatsiya kompaniyasi Ericsson tomonidan tashkil etilgan Summer Internship 2021 Stockholm R&D dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturga axborot va telekommunikatsion texnologiyalar, kompyuter fanlari kabi sohalar talabalari qabul qilinadi. Qabul qilingan talabalar 2021-yil yoz oylarida Ericsson kompaniyasining Research and Development (R&D) bo’limida onlayn amaliyot o’tash imkoniga ega bo’ladilar. 

Ericsson kompaniyasi eng ilg’or texnologiyalar yaratish bo’yicha yetakchi kompaniyalardan biri bo’lib, amaliyotchilar 5G, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, mashinani o’rgatish (machine learning), sun’iy intellekt, testlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, bulut (cloud), apparatni ishlab chiqish, dasturiy ta’minot va boshqa yo’nalishlardagi loyihalarga jalb qilinib, kompaniyaning boy resurslaridan foydalanish, ish o’rganish va yangi tanishlar orttirish imkoniga ega bo’ladi. Amaliyot vaqtida kompaniya xodimlari qiziqarli taqdimot va dasturlar namoyish qiladi. Dasturga 2020-yilda 400 ga yaqin ishtirokchi qabul qilinib, onlayn amaliyot o’tagan. 

O’tgan yilgi amaliyotda ishlangan loyihalar bilan bu yerda, bu yerda va bu yerda  tanishing.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur onlayn tarzda bo’lib o’tadi. Ishtirokchilar tajriba va bilim orttirish imkoniga ega bo’ladilar.

Talablar:

Dasturga 5G, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, mashinani o’rgatish (machine learning), sun’iy intellekt, testlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, bulut (cloud), apparatni ishlab chiqish, dasturiy ta’minot va boshqa yo’nalishlariga yaqin sohalarda tahsil olayotgan, ingliz tilini yaxshi biladigan, akademik o’zlashtirishi va bilimi yuqori talabalar qabul qilinadi. 

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 24-yanvargacha bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun sahifadagi “apply now” tugmasini bosib, ariza to’ldiriladi. Ariza to’ldirishda CV, baholar (talabaning bahorlar daftari nusxasi) va biriktirilgan xat (cover letter) bitta PDF faylga jamlab, topshirilishi kerak. Murojaat uchun student.sweden@ericsson.com manziliga e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!