×

Yosh jurnalist va blogerlar uchun OSCE Akademiyasidan 5 kunlik yozgi maktab – xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.05.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1337 marta

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi Markaziy Osiyodan boʻlgan yosh jurnalist va blogerlar uchun “Summer Media Mastery School” nomli 5 kunlik yozgi maktab tashkillashtirmoqda.

Ushbu yozgi maktabda 18-25 yoshli nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Yozgi maktab 2024-yil 17-21-iyun kunlari Qirgʻizistonda oʻtkaziladi va mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Ishtirokchilar media savodxonlik va raqamli xavfsizlik sohasidagi koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, AI yordamida feyk (yolgʻon) yangiliklarga qarshi kurashishni oʻrganish imkoniga ega boʻladi.

Grant kimlar uchun?

18-25 yoshli yosh jurnalistlar va blogerlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi;:

  • Yozgi maktabda ishtirok etish bepul.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
  • Qirgʻiziston ichidagi safar (transport) xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Qirgʻiziston, Qozogʻizton, Oʻzbekiston va Turkmanistondan boʻlgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  • 18-25 yosh (shu yoshlar ham kiradi) oraligʻida boʻlish lozim.
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila olish kerak.
  • Nomzodlar bakalavriat yoki magistraturada tahsil olayotgan boʻlishi yoki yaqinda shu bosqichlardan birini tamomlagan bitiruvchi boʻlishi kerak.
  • Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy mavzularga qiziqish lozim.
  • Professional media standartlari va inson huquqlarini targʻib qilisha tayyor boʻlish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil, 30-aprel 11:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA topshirishingiz mumkin (ingliz tilida).

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga ingliz tilida murojaat qilishingiz mumkin: summermediaschool@gmail.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!