×

SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!


Grant

MUHLAT

01.02.2025

QOLGAN VAQT

50 kun

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

7053 marta

Shveytsariyada joylashgan Lozanna universitetining Biologiya va tibbiyot fakulteti biologiya maktabi butun dunyodan boʻlgan bakalavr talabalariga 8 hafta davomida tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Summer Undergraduate Research (SUR) dasturini taklif etadi.

2025-yilgi dastur uchun jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va ular 2025-yil 7-iyuldan 28-avgustgacha ushbu dastur mashgʻulotlarida qatnashadi.

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan hamda birinchi yoki oxirgi kurs talabasi boʻlmagan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Har bir ishtirokchi Biologiya va tibbiyot fakultetining biror mezbon laboratoriyasida alohida tadqiqot loyihasini amalga oshiradi. Tadqiqotdan tashqari, ishtirokchilar har hafta umumiy akademik mashgʻulotlar uchun yigʻiladi. Ushbu mashgʻulotlar talabalarning tadqiqot taqdimotlari, tadqiqot mavzulari va karyera yoʻllari haqida universitet oʻqituvchilari/xodimlari tomonidan maʼruzalar, karyera boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Dastur yakunida – UNIL/EPFL simpoziumida ishtirokchilar oʻz tadqiqti natijalarini poster yordamida taqdim etadi va yakuniy hisobot yozadi.

Shuningdek, ishtirokchilar ijtimoiy mashgʻulotlar, jumladan, Alp togʻlariga sayr, barbekyular, suzish mashgʻulotlari va Shveytsariyaning boshqa shaharlariga tashriflar kabi mashgʻulotlardan bahramand boʻladi.

Dasturga taxmnan 15 nafar talaba qabul qilinadi. Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Hozirda birinchi yoki oxirgi kurs boʻlmagan bakalavriat bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Umumiy 1500 CHF (taxminan 1683 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
  • Shveytsariyaga borish va qaytish bilan bogʻliq xarajatlar (safar xarajatlari) uchun ham 500-1200 CHF (561-1346 dollar) gacha mablagʻ ajratiladi. Safar xarajatlari uchun mablagʻ dastur yakunida beriladi.

Ishtirokchilar sugʻurta va viza xarajatlarini oʻzlari qoplashi lozim. Viza olish jarayonida bevosita yordam koʻrsatiladi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan boʻlish lozim. Lekin fizikaviy terapiya, stomatologiya, hamshiralik yoki veterinariya fanlari sohasida tahsil olayotganlar ushbu dasturga qabul qilinmaydi.
  • Nomzod dasur mashgʻulotlari boshlanganida bakalavriatning kamida 2-kursini tamomlagan boʻlishi kerak. Bakalavriatning birinchi yoki oxirgi kursida, magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotganlar ariza topshira olmaydi.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (ham yoza, ham ogʻzaki).
  • Talabalar baholari (odatda GPA koʻrsatkichi 4 lik tizimda kamida 3,75 boʻlgan yoki oʻz bosqichida eng yaxshi bahoga ega 5% talaba safiga kiruvchi talabalar tanlanadi), ariza jarayonida yozadigan inshosi va berilgan tavsiyanomalar asosida saralab olinadi.

Talablar va saralash mezonlari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin (“Who is the SUR programme for?” boʻlimi).

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn shaklda Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 1-fevral tongi soat 04:00 gacha qabul qilinadi. Onlayn ariza BU YERDA topshiriladi.

Onlayn arizani toʻldirishda quyidagi hujjatlarni ham taqim etish lozim:

  • Dastur savolnomasi (savolnomani BU YERDAN yuklab oling va toʻldiring). Bu hujjat toʻldirilgandan keyin PDF formatda topshirilishi kerak (ingliz tilida).
  • Bakalavriatda olingan baholar (PDF formatda). Agar baholar ingliz yoki fransuz tilida boʻlmasa, tasdiqlangan tarjimasi bilan birga topshirilishi kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma. Onlayn arizani toʻldirish davomida 2 nafar tavsiya beruvchining maʼlumotlarini taqdim etasiz, ularning email manziliga tavsiya berish haqida soʻrov yuboriladi. Tavsiya beruvchi toʻldirishi kerak boʻlgan tavsiyanoma shaklini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

Shuningdek, nomzod tadqiqot olib borish uchun mavjud laboratoriyalardan 2 tasini tanlashi va uni arizasida koʻrsatishi kerak. Laboratoriyalarni BU YERDAN topasiz.

Yuqoridagi hujjatlarning batafsil tavsifi va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA tanishing.

Hamma hujjatlar portret formatda topshirilishi lozim. Portret format nima ekanini BU YERDA bilib oling.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin quyidagilarni oʻqib chiqing:

Savollar yuzasidan dastur koordinatori Laurence Flückigerʼga quyidagi kontaktlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

E-mail : sur@unil.ch
Tel: +41 21 692 40 17

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!