×

AQSh: OTM o’qituvchilari, tadqiqotchilar va tajribali mutaxassislar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 6 haftalik kurs!


Grant

MUHLAT

01.11.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10165 marta

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot muassasalari va notijorat muassasalarda kamida 7 yil toʻliq stavkali ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassislar uchun Study of the U.S. Institutes for Scholars (SUSIs) dasturiga arizalar qabuli boshlanganini maʼlum qildi.

Dasturdan maqsad o’qituvchi va olimlarni AQSh madaniyati, jamiyati, qadriyatlari va muassasalari bilan yaqindan tanishtirish. Dasturda ishtirok etuvchi muassasalarning asosiy maqsadi esa xorijdagi ilmiy muassasalarda AQSh haqidagi oʻquv dasturini kuchaytirish va taʼlim sifatini yaxshilashdir.

Kurs 2023-yil iyun oyida yoki undan keyin boshlanadi hamda jami boʻlib 5-6 hafta davom etadi. AQSHdagi 6 haftalik taʼlim va oʻrganishdan tashqari kamida 36 soatdan iborat onlayn dastur ham mavjud boʻlib, ishtirokchilar onlayn dasturga oʻz vatanlaridan turib ishtirok etadilar.

Dasturda qatnashish uchun quyidagi yoʻnalish/institutlardan BITTASI uchun ariza topshirish mumkin:

  • The Institute on American Politics and Political Thought
  • The Institute on Contemporary American Literature
  • The Institute on Journalism and Media
  • The Institute on U.S. Culture, Identity, and Society
  • The Institute on U.S. Economics and Sustainable Development
  • The Institute on U.S. Foreign Policy

Har bir yoʻnalish boʻyicha 18 nafardan iborat xorijiy mutaxassislar guruhi shakllantiriladi hamda turli oliy taʼlim muassasalarida mavzuni chuqurroq oʻrganish boʻyicha mashgʻulotlar tashkillashtiriladi. Yuqoridagi har bir yoʻnalish haqida batafsil maʼlumot olish uchun BU YERGA tashrif buyuring.

Grant kimlar uchun?

Oliy ta’lim muassasasi o’qituvchilari, tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish uchun tanlab olinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminalandi:

  • J-1 viza yordami; joʻnab ketishdan oldin ishtirokchi vatanida maʼlumot beruvchi mashgʻulot oʻtkaziladi.
  • AQSHga borish va qaytish, shuningdek, AQSH ichidagi aviaqatnovlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
  • Turar joy taʼminalandi (odatda boshqa ishtirokchilar bilan bir uyda turiladi)
  • Baxtsiz hodisa va xastalik yuzasidan tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi (sugʻurta oldindan mavjud boʻlgan xastaliklar xarajatlarini qoplamaydi).
  • Akademik dastur davomida oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.
  • Agar dastur toʻliq onlayn boʻladigan boʻlsa, barcha ishtirokchilarga foydalanish texnologiyalari uchun stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzod oliy ta’lim muassasasi yoki tadqiqotga yoʻnaltirilgan muassasada (tahlil markazlari, notijorat tashkilotlar va h.k.) kamida 7 yillik toʻliq stavkali tegishli ish tajribasiga va kamida magistratura diplomi hamda tanlangan yoʻnalish (institut) boʻyicha yetarli bilimga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning faoliyati dasturning o’zi tanlagan yo’nalishiga mos bo’lishi zarur.
  • Nomzod AQSh davlati va madaniyatiga kuchli qiziqish bildiruvchi shaxs bo’lishi kerak.
  • Quyidagi nomzodlarga ustunlik beriladi:
    – AQSHni oʻrganishga qaratilgan yoki shunday tarkibiy qismlarga ega boʻlgan kurslar va /yoki taʼlim materiallarini yaxshilash, yangilash va ishlab chiqish boʻyicha aniq rejaga ega boʻlganlar.
    – Oldin AQSHda boʻlmagan yoki cheklangan muddat davomida boʻlganlar.
    – Dastur yoʻnalishlariga nisbatan maxsus qiziqishga ega boʻlgan va bu qiziqishi avval qoʻlga kiritilgan stipendiya, yutuq yoki kasbiy vazifalar orqali tasdiqlangan nomzodlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 31-oktabr 18:00 gacha qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuqorida koʻrsatilgan vaqtgacha Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga yuborishi lozim:

Toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Arizadagi barcha savollarga imkon qadar toʻliq javob berish kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savolar yuzasidan Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Savol yoʻllaganda elektron xabar mavzusiga (Subject) “SUSI for Scholars” deb yozilishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!