×

Sussex MBA Scholarships – MBA kurslari uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

30.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1611 marta

Buyuk Britaniyaning Brightn shahrida joylashgan Sussex Universiteti o’zining Sussex MBA Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi 2020-yil sentabrda boshlanadigan biznesni boshqarish (MBA) yo’nalishidagi magistratura kurslariga kunduzgi (full time) yoki sirtqi (part time) tartibda o’qishga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura (MBA) bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sussex MBA Scholarships grantini yutib olgan talabaga 1 500 funt sterlingdan 5 000 funt sterlinggacha mablag’ ajratiladi.

Sussex Universitetida tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Sussex Universitetining magistratura (MBA) kurslaridan biriga kunduzgi (full time) yoki sirtqi (part time) tartibda o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod biznesni boshqarish sohasida ish tajribasiga ega bo’lishi va/yoki a’lochi bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi yoki bakalavr kursida o’qishni tamomlayotgan bo’lishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun nomzod 2020-yilning 30-sentabridan kechiktirmasdan universitetning MBA kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak. Buning uchun bu yerda ro’yxatdan o’tiladi va onlayn ariza to’ldiriladi. Universitetga qabul qilingan, stipendiya dasturida qatnashish istagidagi talabalar mba@sussex.ac.uk manziliga grant dasturida qatnashish istaklari haqidagi xatni yuborishlari kerak. Shundan so’ng ularning magistratura kurslariga topshirgan arizalari ko’rib chiqiladi va lozim topilgan nomzodlar bilan suhbat tayinlanadi. Talabaga ajratilgan stipendiya miqdori natijalar e’lon qilingach ma’lum bo’ladi.

Magistratura kurslariga hujjat topshirish tartibi:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball (ba’zi yo’nalishlar bo’yicha bundan balandroq ball ham talab qilinishi mumkin)
  3. Shaxsiy bayonnoma
  4. Bakalavr diplomi
  5. Baholar/diplom ilovasi
  6. Passport nusxasi

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)1273 606755
Email: study@sussex.ac.uk yoki information@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!