×

Sustainability Scholarship: istalgan davlatda magistratura kursida o’qish uchun 5000 yevrogacha grant


Grant

MUHLAT

22.09.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

10436 marta

Daniyaning finduddannelse.dk tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan Sustainability Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant maqsadi iqlim o’zgarishi muammosiga qarshi kurashishga qiziquvchi hamda 2022-yili kuzgi semestrda boshlanadigan magistratura kursiga hujjat topshirgan / topshirayotganlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 5000 yevrogacha miqdorda pul mablag’i beriladi. Talaba bu mablag’dan magistratura kursi xarajatlari uchun foydalanishi mumkin.

Talablar:

  • Grant 2022-yil kuzgi semestr uchun beriladi. Shuning uchun nomzod 2022-yil kuzda boshlanadigan magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Grant onlayn yoki masofadan turib o’qitiladigan kurs talabalariga berilmaydi.
  • Grantni barcha tillardagi, universitetlar davlatlardagi magistratura kurslari uchun yutib olish mumkin. Nomzodning magistrlik kursi (darajasi) istalgan sohaga oid bo’lishi mumkin (toza energiya, biologiya, arxitektura, iqtisodiyot, biznes, huquqshunoslik, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi, jurnalistika yoki boshqa aloqador sohalar). Biroq bu soha doirasida iqlim o’zgarishi muammosini yaxshilash / yumshatishga yordam bera mumkin bo’lishi kerak.
  • O’zi hujjat topshirgan yoki topshirayotgan magistratura kursi qabul talablariga mos bo’lishi zarur.
  • O’zi tanlagan magistratura kursiga qabul uchun chet tili (agar zarur bo’lsa) talablariga mos bo’lishi kerak.
  • Viza olishi uchun (agar viza kerak bo’lsa) hech qanday to’siq bo’lmasligi kerak.
  • Iqlim o’zgarishi zararlarini bartaraf etish, oldini olish va barqaror rivojlanishga o’z sohasi doirasida o’zining hissasini qo’shishga qiziqishi kerak. Barcha talablar

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun dunyoning istalgan davlatidagi universitetga magistratura kursiga 2022-yil kuzgi semestr uchun hujjat topshiring. Shu vaqt ichida grantga ham ariza berishni boshlang. Grantga arizalar 2022-yil 22-sentabriacha bu yerda qabul qilinadi. Ariza ingliz yoki dat tilida to’ldirishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • Quyidagi savollarga javob beruvchi, 500-700 so’zli insho:
    What motivated you to choose this particular study program?
    – How is your program going to help you fight/alleviate the impact of the climate change?
    – Overall, how do you think education and the fight against climate change are connected?

Grant yutib olgan nomzod magistratura kursiga qabul qilinganlik haqidagi hujjat, bakalavr diplomi va baholari hamda pasport nusxasini taqdim etishlari kerak bo’ladi. G’olib 2022-yil 10-oktabrda e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!