Shvetsiya Industrial Dizayn Fondi (SVID) – Shvetsiyada dizayn targ’iboti, rivoji va faoliyatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan fond bo’lib, u tashkil etilgandan buyon dizayn sohasini ravnaqi yo’lida turli loyihalar ishlab chiqqan. Hozirda shu fond tomonidan bo’lajak dizaynerlar uchun ta’sis etilgan Michael Treschow Stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur doirasidagi stipendiyalar Shvetsiyada dizayn yo’nalishidagi magistratura kurslari uchun mo’ljallangan. Grantlar Shvetsiyadagi turli universitetlarning dizaynga oid magistratura kurslarida tahsil olayotgan yoki o’qishga qabul qilingan talabalarga beriladi. Grant dasturidan maqsad Shvetsiyada o’qishni davom ettirish niyatidagi iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Michael Treschow grant dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga 100000 SEK (11 ming 133 AQSh dollari) miqdoridagi yillik stipendiya beriladi.
Talablar:
Ushbu grant dasturiga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:
- Nomzod dizayn yo’nalishida bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod Shvetsiya oliy ta’lim muassasalaridan birida dizaynga oid yo’nalishda o’qiyotgan yoki o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun hujjatlar 2018-yil 28-oktabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun onlayn airza berish kerak (onlayn ariza toldirish uchun berlgan havolaga bossangiz, sahifa shved tilida ochiladi, lekin pastroqda ma’lumotlarning ingliz tilidagi qismi ham bor). Bunda quyidagi hujjatlarni bitta PDF hujjati ko’rinishida taqdim etish zarur:
- CV (bunda shaxsingiz haqida ma’lumot bera oladigan o’qituvchi yoki shu kabi shaxsning ism-sharifi va unga bog’lanish ma’lumotlari ham kiritilishi kerak).
- Motivatsion xat (A4 formatda 1 shifadan oshmagan holda).
- Nomzodning ishlaridan namunalar. Bunda kamida 1 ta namuna topshirish majburiy, nomzod xohlasa yana 3 ta namuna qo’shib topshirishi ham mumkin. har bir namunaning hajmi 2 sahifadan oshmasligi shart).
Bu hujjatlar jamlangan PDF faylning hajmi 12 MBdan oshmasligi kerak. Natijalar 2019-yil bahorida e’lon qilinib, g’oliblar taqdirlash marosimida taqdirlanadilar. Marosim haqidagi batafsil ma’lumot grant g’oliblairga keyinchalik e’lon qilinadi.
Ariza topshirishda muammolar kelib chiqsa caroline.lunden-welden@svid.se elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.