×

Shvetsiya: Magistraturada o’qish uchun 20 ming yevrogacha grant


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1872 marta

Shvetsiyada joylashgan Lund University  magistratura kurslariga ajratilgan Ingvar Kamprad Scholarship dasturiga arizlar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi magistratura bosqichining Industrial design yo’nalishga qabul qilingan, eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlashdir. Dastur doirasiga ko’ra, talabalar taqdim etgan Motivatsion xat orqali turar–joy xarajatlariga ko’maklashuvchi grant, taqdim  etilgan Portfolio orqali esa o’quv kontraktiga ko’maklashuvchi grant egalari aniqlanadi.  Grantlar soni cheklangan bo’lib, har bir grant uchun 2 tadan o’rin rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga quyidagicha grant turlari  ajratiladi:

  • 1-grant: Ikki yil davomida, Yashash va turar-joy xarajatlarini qoplash uchun yiliga 10000 yevro moliyaviy ko’mak . Grant sohiblari taqdim etilgan Motivatsion xat orqali saralanadi.
  • 2-grant: To’lov kontrakti uchun yiliga 20450 yevro Grant sohiblari taqdim etilgan Portfolio orqali aniqlanadilar.

Lund University ning o’quv kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqshingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzoddan o’z sohasiga oid Portfolio taqdim etilishi so’raladi. Portfolio haqida to’liq ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
  • Nomzod Ingliz tili darajasini belgilovchi sertifikat taqdim etishi lozim. Universitet qabul talablariga ko’ra IELTS 6.5 yoki TOEFL 90 ballga ega bo’lish yetarli.

Dasturga qabul jarayoni:

Ingvar Kamprad Scholarship grant dasturiga hujjat topshirish uchun sayt orqali ariza to’ldirib jo’natish lozim. Ariza bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Hujjat topshirish jarayoni haqida bu yerda batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz.

Qo’shimcha ma’lumot uchun mfa.design@lth.lu.se  elektron manzili yoki +46(0)46 2229722 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!