×

Shvetsiya: magistratura uchun to’liq va qisman grantlar dasturi


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2592 marta

Shvetsiyada joylashgan Kristianstad University universitetining magistratura kurslari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Grantdan maqsad qobiliyatli va umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun shu hududda o’qish Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududidan bo’lmagan talabalarga nisbatan moddiy jihatdan ancha yengillashtirilgan. Kristianstad Universiteti Grantlari kabi grant dasturlari esa dunyoning Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Zonasiga kirmaydigan hududlaridan bo’lgan talabalarni qo’llab-quvvatlash uchun maxsus ta’sis etilgan. Universitetdagi barcha magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant uchun ajratilgan mablag’ning imkon doirasidan kelib chiqib, eng munosib deb topilgan talabalarning kontrakt to’lovlari Universitet tomonidan to’liq yoki qisman qoplab beriladi. Grant yashash xarajatlari, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlarini o’z ichiga olmaydi. Kurslar uchun kontrakt to’lovlari haqida ma’lumotni kursga hujjat topshirilayotganda kerakli kurs tanlanayotganda ko’rish mumkin.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos talabalarga beriladi:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Kristianstad Universitetidagi magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirib, ariza topshirishning barcha bosqichlaridan o’tgan va to’lovlarini amalga oshirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod o’zi hujjat topshirgan kursning qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  4. Nomzod bakalavr bosqichida a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grantlar eng a’lochi talabalarga beriladi.
  5. Nomzod ingliz tili testlaridan qanchalik yuqori natijalarga erishgan bo’lsa grant yutish ehtimoli shunchalik ortadi. Ingliz tili testlaridan kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL 90 (575) talab etiladi. Kurslarga qabul talablari esa siz tanlagan kursga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun sizni qiziqtirgan kursning qabul talablari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirishdan oldin magistratura kursiga hujjat topshirish zarur. Kurslarga hujjat topshirish bitta umumiy tizim orqali amalga oshiriladi va u tizimda turli universitet kurslarini muhimlik tartibiga ko’ra belgilash kerak bo’ladi. Hujjat topshirishda Kristianstad universitetini birinchi tanlov sifatida tanlash kerak. hujjat topshirish yo’riqomasi

Hujjat topshirib, ariza to’lovlari ham to’langach, bu yer orqali grantga ariza beriladi.

Ma’lumot uchun  international@hkr.se elektron manzili yoki +46 (0)44-2503000 elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!