×

Shvetsiya: magistraturada o’qish uchun yillik 10 ming yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

3190 marta

Shvetsiyada joylashgan Lund universitetining Ingvar Kamprad Master Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi Lund universitetida o’qitiladigan Industrial Design magistratura kurslari uchun mo’ljallangan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan iqtidorli talabalarga ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Bu yil ushbu grant dasturi doirasida 2 nafar talabaga grant berish mo’ljallangan. Industrial Design kursi 2 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ingvar Kampra grantini yutib olgan talabaga SK 100000 (taxminan 10 ming yevro) miqdoridagi yillik stipendiya beriladi. Bu stipendiya talabaning avgustdan maygacha o’n oylik yashash va turar joy harajajtlarini qoplash uchun yo’naltirishga mo’ljallangan. Butun kurs uchun kontrakt to’lovi miqdori – SEK 420000 (taxminan 41 ming yevro)

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nozmodlarga beriladi:

  1. Nomzod Lund universiteti Industrial Design kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi yoki hujjat topshirgan bo’lishi zarur. Hujjat topshirgan nozmodlar grantga munosib topilsalar o’qishga qabul qilinishlari bilan grant belgilanadi.
  2. Nomzod Industrial Design (sanoat dizayni) sohasiga mos keladigan yoki yaqin bo’lgan sohada bakalavr diplomiga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzod bakalavr kursida a’lo baholarga o’qigan bo’lishi va o’zida shu sohaga nisbatan qiziqish va qobiliyat ko’rsatishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi shart. Qabul uchun til bilish darajasiga qo’yilgan talab kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL 90. Bu darajalar Lund universiteti baholash tizimida “English 6” darajasi hisoblanadi.
  5. Nomzod shu vaqtga qadar dizayn sohasida erishgan yutuqlari jamlangan portfoliosiga ham ega bo’lishi zarur. Bu portfolioda jamlangan ishlar nomzodning yuksak qiziqishi va qobiliyatiga ishora qilsa va nomzod sohaga mos ekani ma’lum bo’lsa bu uning natijalariga ijobiy ta’sir qiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish magistratura kursiga hujjat topshirish bilan birga amalga oshiriladi. Lund universiteti kuzgi magistratura kurslariga qabul 15-yanvargacha davom etadi. Kursga hujjat topshirish uchun avval bu yerda ro’yhatdan o’tish kerak. ro’yhatdan o’tgach ariza to’ldirish boshlanadi, bunda nomzod bir nechta kurslarni tanlab ularga baravariga shu arizani topshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunda bu kurslarni muhimligiga ko’ra ketma-ketlikda tanlash kerak bo’ladi. Lund universitetini ro’yhatda birinchi qo’yish maqsadga muvofiq. Keyin tizimga kerakli hujjatlarni ilova qilish zarur.

Kerakli hujjatlar:

  1. Diplom apostil bilan.
  2. Baholar tarjimalari bilan.
  3. Passport nushasi.
  4. Ingliz tili testi natijasi.
  5. Portfolio.
  6. Hujjatlarni topshirishda tahminan 100 yevro miqdoridagi ariza to’lovini amalga oshirish kerak bo’lishi mumkin.

Grant yutish istagidagi nozmodlar shu sanagacha kursga hujjat topshirishlari va hujjatlariga grant arizasini qo’shib yuborishlari zarur. Ingvar Kamprad grantiga arizani alohida bu yerdan topshirish ham mumkin. Bu grant yashash harajatlarini qoplashga qiynaladigan talabalar uchun mo’ljallangan, shuning uchun grantga ariza berishda nima uchun yashash harajatlari uchun moddiy yordamga muhtoj ekanligingizni ko’rsatuvchi motivatsion xat ham so’raladi.

Murojaat uchun:
Telefon: +46 (0)46 222 0000
Faks: +46 (0)46 222 4720

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!