×

Shvetsiya: magistratura uchun 50%lik grant


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2058 marta

Shvetsiyada joylashgan University West oliygohining magistratura kurslari uchun mo’ljallangan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur shu universitetning quyidagi magistratura kurslari uchun ajratilgan:

  • International business, master programme in business administration (one year)
  • International politics, master programme in political science (one year)
  • IT and Management, master programme in informatics (one year)
  • Master in robotics and automation (two year programme)
  • Advanced manufacturing engineering (two year programme)
  • Master programme in robotics (one year)
  • Master programme in manufacturing engineering (one year)
  • Master of science in finance

Grant dasturidan maqsad University West’ga o’qishga kirgan eng umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. 2019-yilgi kurslar uchun 3 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University West ta’lim grantini yutib olgan talabalarga kontrakt to’loviga 50% chegirma qilinadi. Kontrakt to’lovlari haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod o’qigan bakalavr kursi va u hujjat topshirgan magistratura kursi sohalari bir-biriga yaqin bo’lishi kerak.
  2. Nomzod bakalavr bosqichida yaxshi va a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak.
  3. Nomzodning ish tahribasi, amaliyotlar qilgani va loyihalarda qatnashgan bo’lsa yanada yaxshi.
  4. Agar nomzod chet ellerda ilgari o’qigan bo’lsa (vatanidan tashqarida) yanada yaxshi.

Kursga qabul uchun talablar:

Magistratura kurslari yo’nalishlariga qarab turli ichki talablarga ega bo’ladi. Shuning uchun sizni qiziqtirgan kurs haqidagi barcha ma’lumotlarni puxta o’rganib chiqish uchun shu kurs haqid ama’lumotlar berilgan sahifalarga tashrif buyurish tavsiya etiladi. Magistratura kurslariga umumiy qabul talablari quyidagicha (istisno sifatida kurs ichki talablari amal qilishi mumkin):

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’qigan bakalavr kursi u hujjat topshirayotgan magistratura kursiga mos bo’lishi kerak.
  3. Nomzodnign baholari yaxshi va a’lo bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak. (taxminan kamida IELTS 6.5 darajasida). Bu darajani esa IELTS, TOEFL kabi keng miqiyosda tan olingan test natijalari orqali ko’rsatish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun avvaliga magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. University West’ga o’qishga ariza berilib, shu ariza kelib tushgani tasdiqlangach nomzodga grant linki (havolasi) beriladi va grantga qanday hujjat topshirish bo’yicha mahsus yo’l-yo’riq ko’rsatiladi. Grant uchun arizalar qabuli faqat 1 hafta ochiq bo’ladi.

Magistratura kurslariga hujjatlar 2019-yil 15-yanvarga qadar bu yerda qabul qilinadi (bu Shvetsiya universitetlari foydalanadigan ariza berish portali. Bu portalda kerakli universitetlarni shunchaki tanlash yetarli, bitta arizada uchtagacha kursga hujjat topshirish mumkin).

Ma’lumot uchun +46(0)520-22 30 00 raqamiga yoki servicecenter@hv.se elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!