×

Swedish Defence University: magistratura bosqichida bepul o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

1299 marta

Shvetsiyaning Stokgolm shahrida joylashgan Swedish Defence University oliygohi UHR International Scholarship grant dasturi orqali magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Swedish Defence University oliygohida o’qitiladigan magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar magistratura kursi to’lov kontraktidan butunlay ozod etiladi. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod Swedish Defence University oliygohining magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Magistratura kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi. 
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq. 
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 88 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.  

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun 2021-yil 1-fevralidan kechikmasdan onlayn tarzda ariza to’ldirib jo’natilishi lozim. Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. 

Kursga hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar 
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.  

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun masterprogramme@fhs.se  elektron manziliga yoki +468-55342500 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!