×

Shveytsariya: PhD bosqichida o’qish uchun grant!


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

3147 marta

Shvetsariyaning Bazel shahrida joylashgan Friedrich Miescher Institute for Biomedical Research (FMI) oliygohi navbatdagi  FMI International PhD Program dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi to’rt yilga moʻljallangan boʻlib, u biologiyaning epigenetika, neyrobiologiya va kvantitativ biologiya (Quantitative Biology) yo’nalishlarini o’rganish bo’yicha doktoranturada oʻqish istagida boʻlgan tadqiqotchilarga tahsil olish va tadqiqot olib borish imkonini yaratadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

 FMI International PhD Program dasturi har yili 15-25 nafar tadqiqotchiga Friedrich Miescher Institutida tadqiqot olib borish imkoniyatini beradi. Dastur tadqiqotchilarga Swiss National Science Foundationda qabul qilingan me’zonlar bo’yicha moliyaviy ko’mak ajratadi. Bu mablag’ dunyo bo’yicha doktorantura talabalariga ajratiladigan mablag’dan ancha yuqori hisoblanadi. Shuningdek, tadqiqotchilarga Bazel va Surih (Zurich) shaharlarida amaliyotlar olib borish va xalqaro konferensiyalarda qatnashish imkoniyati yaratib beriladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Dasturda barcha davlatlar fuqarolari qatnashishlari mumkin.
  2. Nomzod tabiiy fanlar bo’yicha magistr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Nomzod o’zi tanlagan sohada yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega umidli va iqtidorli shaxs va tadqiqotchi bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar onlayn ariza ko’rinishida 2020-yil 1-maygacha qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul qilish muhlat tugashidan tahminan 3 oy oldin boshlanadi. 2020-yilning 24-25 iyun kunlari saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan suhbat bo’lib o’tadi.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Ariza.
  2. Passport nusxasi.
  3. Magistrlik diplomi va baholar.
  4. 2 ta tavsiyanoma.

Ma’lumot uchun mail: fmiphdprogram@fmi.ch eletkron manziliga murojaat qilishinigiz mumkin. Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Tel.: +41 61 697 66 51
Fax: +41 61 697 39 76

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!