×

Swiss Government Excellence Scholarships: tadqiqot olib borish uchun Shveytsariya hukumati grantlari


Grant

MUHLAT

09.12.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

5578 marta

Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Shveytsariya hukumatining Swiss Government Excellence Scholarships dasturiga qabul boshlanganini eʼlon qildi.

Ushbu dasturga koʻra, Shveytsariya Konfederatsiyasi san’at yo’nalishidan boshqa barcha sohadagi oliy ma’lumotli (magistr diplomiga ega) O’zbekiston fuqarolariga 2023-2024 o’quv yili uchun quyidagi turdagi stipendiyalarni ajratadi:

  • Research Fellowship – ilmiy tadqiqot stajirovkalarini o’tish uchun.
  • PhD Scholarships – fan doktorligi (PhD) ustida ishlayotganlar uchun.
  • Postdoctoral Scholarships fan doktorlari uchun stipendiya.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar, PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar va postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

Research Fellowship hamda PhD Scholarships dasturlari uchun:

  • Oyiga 1920 CHF (taxminan 2012 AQSh dollar) stipendiya.
  • Safar xarajatlari (dastur oxirida toʻlab beriladi).
  • Turar joy uchun 300 CHF (taxminan 314 AQSh dollar) miqdoridagi mablagʻ (bir marta, dastur boshida beriladi).
  • Jamoat transporti kartasi.
  • Shuningdek, qatnashchilar qoʻllab-quvvatlash hizmatidan foydalanish, dastur gʻoliblari uchun tashkillashtiriladigan turli sayohatlar, shahar boʻylab ekskursiyalar, tushliklarda qatnashish imkoniga ega boʻladilar.

Postdoctoral Scholarships dasturi uchun:

  • Oyiga 3500 CHF (taxminan 3667 AQSh dollar) stipendiya.
  • Safar xarajatlari (dastur oxirida toʻlab beriladi).
  • Turar joy uchun 300 CHF (taxminan 314 AQSh dollar) miqdoridagi mablagʻ (bir marta, dastur boshida beriladi).
  • Jamoat transporti kartasi.
  • Shuningdek, qatnashchilar qoʻllab-quvvatlash hizmatidan foydalanish, dastur gʻoliblari uchun tashkillashtiriladigan turli sayohatlar, shahar boʻylab ekskursiyalar, tushliklarda qatnashish imkoniga ega boʻladilar.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  1. Oʻzbekiston fuqarolari ariza berishi mumkin.
  2. Dasturga istalgan yoʻnalish boʻyicha izlanishlar olib borayotgan umidli, iqtidorli, yuqori potensialli tadqiqotchilar ariza berishlari mumkin.
  3. Nomzod 1987-yil 31-dekabrdan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak.
  4. Magistratura yoki PhD bosqichini tugatgan boʻlishi kerak.
  5. Hujjat topshirayotgan vaqtda Oʻzbekistonda doimiy yashayotgan boʻlishi kerak.
  6. Zaruriy chet tilini (nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tili) yaxshi bilish kerak.
  7. Grant ajratishda avval Shvetsariyada boʻlmagan/oʻqimagan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  8. 2023-yil sentyabr holatiga koʻra Shvetsariyada 1 yildan ortiq istiqomat qilayotgan nomzodlar grantga ariza bera olmaydilar.
  9. Shvetsariya hukumatining boshqa biror granti bilan taqdirlangan nomzodlar grantga ariza bera olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar 2022-yilning 9-dekabrigacha qabul qilinadi. Arizachilar kerakli hujjatlarni Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga topshirishi lozim.

Hujjatlar paketini olish uchun (ingliz tilida), stipendiya turi koʻrsatilgan soʻrovni Toshkentdagi Shveytsariya elchixonasining elektron manziliga yuboring: tashkent@eda.admin.ch.

Hujjatlar paketi olingach, ularning barchasi toʻldirilib, kerakli hujjatlar ilova qilingan holda Toshkentdagi Shveytsariya elchixonasiga yetkazilishi kerak.

Elchixona manzili:

Shvetsariya elchixonasi
Toshkent 100070
Shota Rustaveli 1/4
Ma’lumot uchun mas’ul shaxs: Irina Shkarina

Dastur haqidagi batafsil maʼlumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin (Uzbekistan papkasini yuklab olasiz).

Murojaat uchun Toshkentdagi Shveytsariya elchixonasi emaili: tashkent@eda.admin.ch

Elchixona sayti

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!