×

Germaniya: barcha xarajatlari qoplanadigan tadqiqot dasturi; stipendiya – oyiga 2650 yevrogacha, joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3939 marta

Germaniyada tadqiqot olib borish istagidagi mutaxassislar uchun mo’ljallangan Alexander Von Humboldt International Climate Protection Fellowship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur doirasida atof-muhit va resurslarni muhofaza qilish sohasi va muhandislik, huquqshunoslik, fan, ijtimoiy-iqtisodiy, sog’liqni saqlash va shu kabi sohalarni birlashtirib faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Germaniyada bir yil davomida o’zlari tanlagan mavzuda tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Dastur ishtirokchisi atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslarni asrash umumiy mavzusida o’zi xohlagan mavzuni tanlab, Germaniyada joylashgan o’zi xohlagan tadqiqot tashkiloti yoki instituti bilan kelishib, tadqiqot uchun sharoit yaratadi, International Climate Protection Fellowship granti esa shu tadqiqotni moliyalashtirib beradi. Dastur doirasida 20 ta tadqiqotchiga grant beriladi.

Tadqiqot mashg’ulotlari:

  1. 2020-yil yanvar/fevral oylari – Bonn shahrida intensiv nemis tili kurslari (ixtiyoriy).
  2. 2020-yil mart – Germaniyaning turli hududlarida tanishtiruv seminarlari.
  3. 2020-yil apreldan 2021-yil fevralgacha – tanlangan mavzularda tadqiqot olib borish.
  4. 2020-yil iyun – grant tashkilotchilari mitingi. Bu paytda Germaniya prezidenti tomonidan qabul ham bo’ladi.
  5. 2020-yil kuzi – o’quv ekskursiyasi.
  6. 2021-yil yanvar/fevral – xayrlashuv haftasi – bu vaqtda Germaniyaning Atrof-muhit, Tabiatni Muhofaza Qilish va Yadro Xavfsizligi vazirligi qabuli ham bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

 

Grant yutib olgan tadqiqotchilarga moddiy ta’minot oylik stipendiya ko’rinishida taqdim etiladi. Stipendiya nomzodning darajasiga ko’ra quyidagi miqdorlarda bo’ladi:

  1. PhD darajasiga ega bo’lmagan qatnashchilarga oyiga 2150-2450 yevro stipendiya
  2. PhD darajasiga ega bo’lgan qatnashchilarga oyiga 2650 yevro stipendiya

Undan tashqari:

  1. Qatnashchilarga tadqiqotnng mahsus xarajatlari uchun 500-800 yevro qo’shimcha mablag’ ham beriladi.
  2. Germaniyadagi tadqiqotni olib borish uchun oilasi yoki bolalari bilan kelayotgan qatnashchilarga qo’shimcha stipendiya beriladi.
  3. Tashkilotchilar qatnashchining safar xarajatlarini qoplash uchun unga qo’shimcha bir martalik moddiy yordam ham ajratishi mumkin. Manfaatlar haqida batafsil grant nizomida tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos tadqiqotchilarga beriladi:

  1. Tadqiqotchi grant dasturida qatnashuvchi davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak. Bu davlatlar ro’yhati bu yerda. Ro’yhatda O’zbekiston ham bor.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod hozirda atrof-muhit va tabiiy resurslarni asrash sohasida faol bo’lishi (masalan, mavzuning huquqiy, iqtisodir, ijtimoiy va hkz taraflarini o’rganayotgan bo’lishi) va shu sohaga aloqador lavozimda kamida 4 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak. Agar nomzod shu sohada PhD darajasiga ega bo’lsa, 4 yillik ish tajribasi talabini ham qanoatlantirgan hisoblanadi.
  4. Nomzod ingliz va/yoki nemis tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  5. PhD darajasiga ega nomzodlar turli nashrlarda o’z ishlarini chop ettirgan bo’lishlari kerak.
  6. Nomzodlar ilmiy va akademik yutuqlari, ish tajribalari, akademik kelib-chiqishi va tadqiqot g’oyasining originalligi hamda muhimligiga asosan saralanadilar.
  7. Ariza berish vaqtida har qanday sababga ko’ra Germaniyaga kelganiga 6 oydan oshgan nomzodlarga grant berilmaydi.
  8. Ariza berish vaqtida har qanday sababga ko’ra grant ajratilgan davlatlar ro’yhatida bo’lmagan davlatga kelganiga 12 oydan oshgan nomzodlar info@avh.de elektron manziliga murojaat qilib grant yutishlari mumkin yoki yo’qligini aniqlashtirib olishlari zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2019-yil 1-martgacha onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun avvaliga ro’yxatdan o’tish va shaxsiy akkaunt yaratish kerak.

2019-yil 1-uyulga yaqin ilk saralash natijalari e’lon qilinadi va yakuniy saralash sentabr oyida Germaniyada bo’lib o’tadi.

Muhim havolalar:

  1. Dastur nizomi
  2. Savol-javoblar
  3. Hay’at a’zolari haqida ma’lumot
  4. So’nggi 12 oydagi natijalar
  5. Nomzodga tavsiya beruvchilar uchun ma’lumotlar
  6. Germaniyada tadqiqot uchun tashkilot topish haqida

Ma’lumot uchun info@avh.de elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!