×

Yovvoyi tabiatga oid fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!


Grant

MUHLAT

19.06.2025

QOLGAN VAQT

86 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

7948 marta

Buyuk Britaniya Royal Society of Biology (Qirollik biologiya jamiyati) tomonidan tashkil etilgan fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Fototanlovning bu yilgi mavzusi – Restoring Biodiversity and Habitat (Biologik xilma-xillik va yashash muhitini tiklash).

Tanlovga yovvoyi tabiat (hayvonlar) uchun yashash muhitining tiklanayotgani, shaharlar, shaharchalar, uylar va boshqa joylarda yovvoyi tabiat uchun qulay bogʻlar, hamjamiyatlar, yangi qoʻriqxonalar, firmalar va tanlov mavzusiga oid boshqa holatlarni yoritadigan rasmlarni topshirish mumkin.

Topshiriladigan rasmlarda nimalar aks ettirilishi mumkinligi haqida BU YERDA batafsil tanishish mumkin.

Tanlovda ishtirok etish bepul.

Tanlovning avvalgi yillardagi gʻoliblari va ularning ishlari bilan BU YERDA tanishing (Previous competition entries).

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda ikkita yo’nalish mavjud va g’oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Photographer of the Year (yil suratkashi, 18 va undan katta ishtirokchilar uchun) – 1000 funt sterling pul mukofoti.
  2. Young Photographer of the Year (Yilning yosh suratkashi, 18 yoshdan kichik ishtirokchilar uchun) – 500 funt sterling pul mukofoti.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlov barcha uchun ochiq, unda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovda 18 yoshdan kichik ishtirokchilar The Young Photographer of the Year yo’nalishida, 18 va undan katta yoshli ishtirokchilar The Photographer of the Year yo’nalishida ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlar ilgari sotilmagan, boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan, g’olib chiqmagan va chop etilmagan bo’lishi kerak.
  • Har bir ishtirokchi tanlovda 3 tagacha fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taqdim etiladigan fotosuratlarga texnik talablar:

  • Fotosuratning hajmi 10 MB dan oshmasligi, formati yuqori sifatli JPEG yoki PNG bo’lishi zarur.
  • Agar fotosuratlarga oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa, suratlarning asl nusxalari ham ishtirokchining o’zida saqlab qo’yilishi kerak. Agar ishtirokchi tanlovda g’olib chiqsa, suratlarining asl nusxalarini taqdim etishi kerak bo’ladi. MUHIM: faqat kichik oʻzgarishlar, masalan, chang yoki dogʻlarni olib tashlash kabi tuzatishlarga ruxsat etiladi.
  • Tanlov uchun taqdim etilgan fotosuratning eng uzun tomoni kamida 2500 pikselni tashkil etishi kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlarga maxsus dasturlarda birmuncha ishlov berish mumkin, lekin suratda aks etgan asosiy sahna o’zgarmay qolishi va surat sifati pasaymasligi shart.
  • Bitta jarayonni ko’rsatib berish maqsadida ikkita fotosuratni bir-biriga ulab, bitta suratga birlashtirish mumkin, lekin bunda ikkala fotosurat ham bir joyda va bir vaqtda tushirilgan bo’lishi shart.
  • Fotosuratga ishlov berishda undan detallarni olib tashlash yoki qo’shib qo’yish ta’qiqlanadi.
  • Tanlovga oq-qora fotosuratlar ham qabul qilinadi.
  • Printerda nusxalanib, keyin yana skaner orqali elektron holatga keltirilgan fotosuratlar tanlovga qabul qilinmaydi.

MUHIM: Yuqorida faqat umumiy talablar keltirildi. Talablar bilan toʻliq va batafsil tanishish uchun tanlov shartlarini oʻqib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2025-yil 19-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin (Log in to take part or manage your entry). Ishtirok etish uchun avval hisob (akkaunt yaratish lozim).

MUHIM: Tanlovda qatnashishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon va tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin:  engagement@rsb.org.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!