×

Iqlim oʻzgarishi taʼsiri aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!


Grant

MUHLAT

27.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5012 marta

Buyuk Britaniya Royal Society of Biology (Qirollik biologiya jamiyati) tomonidan tashkil etilgan fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Fototanlovning bu yilgi mavzusi – Nature and Climate (Tabiat va iqlim).

Yerdagi hayotga iqlim, ob-havo va mavsumiy oʻzgarishlar taʼsir qiladi, bu yilgi tanlovda aynan shunday holatlarni suratga olish taklif etiladi.

Fotosuratlarda iqlim, ob-havo, mavsumiy oʻzgarishlar, shuningdek, kutilmagan yoki oʻzgargan atrof-muhit taʼsiriga uchragan hayotni aks ettirilishi, iqlim oʻzgarishi tabiatga qanday taʼsir qilayotganini koʻrsatilishi mumkin.

Shuningdek, bu yilgi mavzuni molekulyar yoki hujayra darajasida tadqiq etuvchi, faqat mikroskop yordamida aniqlanishi mumkin boʻlgan jarayonlar orqali tabiat va iqlimdagi taʼsir yoki oʻzgarishlarni aks ettiruvchi fotosuratlar ham qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish bepul.

Tanlovning avvalgi yillardagi gʻoliblari va ularning ishlari bilan BU YERDA tanishing (Previous competition entries).

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda ikkita yo’nalish mavjud va g’oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Photographer of the Year (yil suratkashi, 18 va undan katta ishtirokchilar uchun) – 1000 funt sterling pul mukofoti.
  2. Young Photographer of the Year (Yilning yosh suratkashi, 18 yoshdan kichik ishtirokchilar uchun) – 500 funt sterling pul mukofoti.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlov barcha uchun ochiq, unda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovda 18 yoshdan kichik ishtirokchilar Young Photographer of the Year yo’nalishida, 18 va undan katta yoshli ishtirokchilar Photographer of the Year yo’nalishida ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlar ilgari sotilmagan, boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan, g’olib chiqmagan va chop etilmagan bo’lishi kerak.
  • Har bir ishtirokchi tanlovda 3 tagacha fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taqdim etiladigan fotosuratlarga texnik talablar:

  • Fotosuratning hajmi 10 MBdan oshmasligi, formati yuqori sifatli JPEG yoki PNG bo’lishi zarur.
  • Agar fotosuratlarga oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa, suratlarning asl nusxalari ham ishtirokchining o’zida saqlab qo’yilishi kerak. Agar ishtirokchi tanlovda g’olib chiqsa, suratlarining asl nusxalarini taqdim etishi kerak bo’ladi. MUHIM: faqat kichik oʻzgarishlar, masalan, chang yoki dogʻlarni olib tashlash kabi tuzatishlarga ruxsat etiladi.
  • Tanlov uchun taqdim etilgan fotosuratning eng uzun tomoni kamida 2500 pikselni tashkil etishi kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlarga maxsus dasturlarda birmuncha ishlov berish mumkin, lekin suratda aks etgan asosiy sahna o’zgarmay qolishi va surat sifati pasaymasligi shart.
  • Bitta jarayonni ko’rsatib berish maqsadida ikkita fotosuratni bir-biriga ulab, bitta suratga birlashtirish mumkin, lekin bunda ikkala fotosurat ham bir joyda va bir vaqtda tushirilgan bo’lishi shart.
  • Fotosuratga ishlov berishda undan detallarni olib tashlash yoki qo’shib qo’yish ta’qiqlanadi.
  • Tanlovga oq-qora fotosuratlar ham qabul qilinadi.
  • Printerda nusxalanib, keyin yana skaner orqali elektron holatga keltirilgan fotosuratlar tanlovga qabul qilinmaydi.

MUHIM: Yuqorida faqat umumiy talablar keltirildi. Talablar bilan toʻliq va batafsil tanishish uchun tanlov shartlarini oʻqib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2023-yil 27-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin (Log in to take part or manage your entry). Ishtirok etish uchun avval hisob (akkaunt yaratish lozim).

MUHIM: Tanlovda qatnashishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon va tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin:  engagement@rsb.org.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!