×

Tailand: Ikki haftalik kurs uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

15.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

2664 marta

Tailandning Himmawan shahrida, 2018-yilning 13-26-dekabr kunlari bo’lib o’tadigan “Global Peace on the Move 21” deb nomlangan maxsus trening dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu trening ongni tiniqlashtirish, ichki hotirjamlikni ta’minlash va o’z-o’zini anglash uchun zarur bo’lgan turli mashg’ulotlarni, jumladan meditatsiya va yoga kurslarini o’z ichiga oladi. 14 kunlik intensiv treningda quyidagi mashg’ulotlar bor:

  • Effective concentration (Diqqatni jamlash)
  • Self-awareness (O’z-o’zini anglash)
  • Living in the present (diqqatni hozirgi vaqtga qaratgan holda yashash)
  • Developing mental endurance and increased productivity (iroda va aqliy faoliyatning samaradorligini oshirish)
  • The role of habits in daily life and how to change them (odatlarimizning hayotimizdagi ahamiyati va ularni o’gartirish yo’llari)
  • Stress management (stressni boshqarish)
  • Creativity (ijodkorlik)
  • Non-violent communication (insonlar bilan gaplashganda o’zini hotirjam tutish)
  • Mental clarity (ong tiniqligi)
  • Multifaceted peace development (ko’p qirrali tinchlikni rivojlantirish)
  • Conflict Resolution (nizolarni bartaraf  etish)
  • Thai-Buddhist Studies in a non-religious but philosophical approach (Tay-Buddist yo’nalishidagi bilimlarni falsafiy nuqtayi nazardan o’rganish)

Grant kimlar uchun?

20-32 oralig’idagi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur qatnashchilari qisman grant bilan ta’minlanadilar. Bu grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Tekin oziq-ovqat.
  2. Tekin turar-joy.
  3. Himmawan shahri ichida tekin transport.
  4. Tekin yoga mashg’ulotlari.
  5. Tekin meditatsiya.
  6. Sayohat xarajatlari chin dildan dasturga qiziqqan va o’zini rivojlantirishga bel boglagan nomzodlar uchun qisman qoplanishi mumkin, bu hujjat topshirish muhlati tugagach ko’rib chiqiladi.

Grant quyidagilarni o’z ichiga olmaydi:

  1. Sayohat xarajatlari.
  2. Viza xarajatlari.
  3. Qatnashchining grant doirasidan tashqaridagi shaxsiy xarajatlari.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod ariza topshirish vaqtida 20-32 yoshda bo’lishi kerak.
  2. Nomzodlar shaxsiy rivojlanish bo’yicha kursning inglizcha variantini 30-sentabrgacha tugatishi kerak. Bu kurs (42 kunlik kunni o’z ichiga oladi) qishda bo’ladigan trening uchun muhim hisoblanadi. Nomzodlar ro’yxatdan o’tayotganda yoki ariza berayotganda bu kursni o’qimagan bo’lishlari mumkin, lekin keyinchalik 30-sentabrgacha bu kursning 42 kunini tamomlashlari shart. Kursni ro’yxatdan o’tilgach rasmiy vebsayt orqali topishingiz mumkin.
  3. Dasturni tashkillashtirayotgan, tinchlik uchun yo’naltirilgan tashkilotning “Special Ops” deb nomlangan dasturi mavjud, bunda tinchlik g’oyalarini o’ziga singdirganlar endilikda ularni atrofdagilar bilan bo’lishishlari kerak bo’ladi. Ro’yxatdan o’tgach, nomzod 30-sentabrgacha bo’lgan muddat ichida kamida ikkita Special Ops’ni kamida 15 kishi uchun qilishi kerak bo’ladi. Bu degani, kamida 15 kishi bilan barcha bilimlarni bo’lishish kerak bo’ladi. Ro’yxatdan o’tish bilan ariza topshirish alohida jarayondir, ro’yxatdan o’tsangiz, lekin Special Ops va shaxsiy rivojlanish dasturini bajarmasangiz, arizangiz ko’rib chiqilmaydi.
  4. Nomzod ariza formasida berilgan PIPO Proposal taqdim etishlari kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  6. Nomzod optimist, ochiq fikrli va yetakchilik qobiliyatiga ega, tinchlikni rivojlantirishga qiziquvchi inson bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirilib, Self-development (shaxsiy rivojlanish) kursini Special Ops bilan tamomlagach, nomzodlar suhbatga taklif qilinishadi. Suhbat davomida kurs va Special ops da qanday harakat qilganliklari, qady miqdorda grant zarurligi, kimlar bilan bir jamoada bo’lishlari va boshqa masalalar ko’rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun: info@peacerevolution.net.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!