×

Tailand va Yaponiya: Oʻqish, tadqiqot olib borish va amaliyot oʻtash uchun toʻliq grant; bepul turar joy, sugʻurta, aviachipta!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

2516 marta

Kurita Water and Environment Foundation (KWEF) jamgʻarmasi Tailanddagi Asian Institute of Technology (AIT) oliygohining Osiyo mintaqasi davlatlaridan boʻlgan talabalariga KURITA Scholarships grant dasturini eʻlon qilmoqda. Jamgʻarma oʻz oldiga suvni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishning yangi texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qoʻshishni maqsad qilgan. Grantlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 2020-yil avgustda boshlanadigan magistratura kurslari uchun ajratiladi:

  • Water Engineering and Management (WEM ), School of Engineering and Technology (SET).
  • Environmental Engineering and Management (EEM ), School of Environment, Resources and Development (SERD).
  • Natural Resources Management (NRM), School of Environment, Resources and Development (SERD).

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kurita stipendiyasi gʻoliblarni quyidagilar bilan taʻminlaydi:

  1. Oʻqish xarajatlari
  2. Roʻyxatdan oʻtish toʻlovi
  3. Turar joy xarajatlari
  4. Tibbiy sugʻurta
  5. Vizani rasmiylashtirish uchun toʻlov
  6. Tadqiqotlar oʻtkazish uchun mablagʻ
  7. Tailandga borish va qaytish uchun aviachipta
  8. Bundan tashqari, gʻoliblar AIT`da oʻqish davomida Yaponiyaning Kurita Water Industries Ltd. kompaniyasida qisqa muddatli amaliyot oʻtash imkoniyatiga ham ega boʻlishlari mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Osiyo mintaqasi davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan nomzodlarning ariza berishi qoʻllab-quvvatlanadi.
  3. Nomzod tanlagan yoʻnalishi boʻyicha davlat tan olgan oliygohning 4 yillik bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod AIT oliygohining qabul talablariga javob berishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (iTOEFL 76/IELTS 6.0 va undan baland, writing boʻlimidan kamida 6.0 ball).

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar va grant shartlari bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod avvalo AIT oliygohining yuqoridagi yoʻnalishlaridan biriga hujjat topshirishi va arizasida shu grant dasturida qatnashishmoqchiligini belgilashi zarur. Dedlayn – 2020-yil 31-mart.

 Hujjatlar tarkibi (tanlangan yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab etilishi mumkin):

  1. Onlayn ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. Bakalavr diplomi.
  4. Diplom ilovasi.
  5. Researcha Proposal.
  6. CV/rezume.
  7. Ingliz tili sertifikati (iTOEFL 76/IELTS 6.0, writing boʻlimidan kamida 6.0).

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan topshirilishi zarur.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqidagi toʻliq maʼlumot: AIT Entry Requirements.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik qobiliyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi. Natijalar nomzodlarga eng qisqa muddatlarda eʻlon qilinadi.

Batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Office of International Affairs: oia@ait.asia

Office of Student Affairs: admissions@ait.asia

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!