×

Tajribali muharrirlar uchun nufuzli nashrda ishlash imkoniyati: 833 yevro oylik maosh beriladi; Bishkek shahrida yoki onlayn ishlash imkoniyati mavjud


Grant

MUHLAT

15.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1238 marta

Qirg’izistonning Bishkek shahrida joylashgan OSCE Academy nomli ta’lim va tadqiqot muassasasidagi tadqiqot va trening bo’limida muharrirlik lavozimi uchun ish o’rni e’lon qilindi. Muharrirlik lavozimiga qabul qilingan xodim OSCE akademiyasining har yili chop etiladigan “Transformation and Development” nashriga hozirgi muharrir Dr. Anja Mihr bilan birga muharrirlik qilishi nazarda tutilgan. Nashr keng qamrovli xavfsizlik, siyosat, xalqaro hamkorlik va rivojlanishdan tortib Markaziy Osiyo va OSCE’ga a’zo mamlakatlarning dolzarb masalalariga oid mavzularni qamrab oladi.

Lavozimga ingliz tilini a’lo darajada biladigan, magistratura yoki Ph.D. darajasiga ega, ijtimoiy fanlar va OSCE hududi bo’yicha chuqur bilimga ega tadqiqotchi qabul qilinadi.

Muharrir Bishkekdagi OSCE ofisida yoki masofadan ishlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Oliy ma’lumotli muharrirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Muharrirga oyiga 833 yevro oylik maosh beriladi.

Talablar:

Muharrirning vazifalari:

  • Bir yilda kamida 100 soat ishlashi, taxminan 400 bet materialni tahrirlashi kerak bo’ladi. Ish hajmi sentyabr va dekabrda ayniqsa ko’p bo’ladi.
  • Jurnalning har yilgi sonida maqolasi chiqadigan mualliflar bilan muloqot qiladi.
  • Masofadan turib ishlasa, majburiy yig’ilishlarda ishtirok etadi (buning uchun mablag’ ajratilishi vaziyatga qarab belgilanadi).
  • Vaziyatdan kelib chiqib boshqa tahrirlash ishlariga yordam beradi.
  • Topshirilgan maqolalarni taqrizdan avval va keyin tahrirlaydi.
  • Taqrizchilar topishga ko’maklashadi.
  • Muassasaning tadqiqot maqolalari va taqriz jarayonlari uchun yo’riqnomalar ishlab chiqishda qatnashadi.
  • Boshqa muharrirlik ishlari bilan shug’ullanadi.

Nomzodga talablar:

  • Palgrave, Routledge, Springer, Brill, Elgar, CUP, OUP, Sage (va boshqalar) kabi xalqaro nashrlar bilan ishlash tajribasiga ega bo’lishi kerak (kamida 1 ta nashr bilan ish tajribasi bo’lishi zarur).
  • Ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Rus va qirg’iz tilini bilish majburiy emas, lekin ustunlik hisoblanadi.
  • Markaziy Osiyo va OSCE hududi masalalari bo’yicha ma’lumotga ega bo’lishi kerak.
  • Ishni qisqa muddatda, ayniqsa, kuz mavsumida katta hajmdagi ma’lumotlar bilan qisqa muddatda ishlay olishi zarur.
  • Nomzod juda mas’uliyatli bo’lishi zarur.
  • Istalgan millat vakillari ariza topshirishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalarni 2021-yil 15-martgacha e-mail orqali topshiriladi. Arizalarni vacancies@osce-academy.net manziliga, kerakli hujjatlar bilan birga yuboring.

Kerakli hujjatlar:

  1. Biriktirilgan xat (cover letter) – 1 bet
  2. CV
  3. Nomzod tahrirlagan ishlardan ikkita namuna.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!