×

Высшее образование в моих глазах: talabalar uchun insholar tanlovi!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

3663 marta

Rossiyaning Kursar kompaniyasi –2019-yil Высшее образование в моих глазах” Butunrossiya insholar tanlovida qatnashishga taklif etadi. Insholar tanlovi kollej va universitetda taʼlim olayotgan barcha talabalar uchun moʻljallangan. Insho Rossiyadagi oliy taʼlim tizimi va undagi muammolar, nomzod oliy taʼlimni qanday tasavvur qilishi haqida yozilishi kerak.

Insho mavzusi: “Высшее образование в моих глазах”.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Esse tanlovida yutib chiqqan nomzodlarga 3 ta oʻrin boʻyicha pul mablagʻlari beriladi.

Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlarga quyidagi mukofotlar beriladi:

1-oʻringa 3 900 rubl.
2-oʻringa 2 600 rubl.
3-oʻringa 1 300 rubl.

Shuningdayek, Tashkilot rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlarda nomzodning yozgan essesi eʼlon qilinadi. Esselarni eng iqtidorli yozuvchilar baholaydilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Уniversitet/ kollejda oʻqiyotgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
  3. Nomzodning yozgan essesi tashkilot tomonidan qoʻyilgan talablarga mos boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 30-aprelcha qabul qilinadi.

Arizalarni talab qilingan hujjatlar bilan birga dedlayn muddatigacha grant@kursar.ru elektron pochtasiga joʻnatish kerak.

Hujjat topshirish tartibi:

  1. Roʻyxatdan oʻtish varagʻini yuklab olib, batafsil oʻrganib chiqamiz.
  2. “Высшее образование в моих глазах” (“Oliy taʼlim mening nigohimda”) mavzusida rus tilida esse yozamiz.
  3. Roʻyxatdan oʻtish varagʻini toʻldiramiz va esse bilan birga grant@kursar.ru elektron pochtasiga joʻnatamiz. Barcha hujjatlar docs, .odt, .doc, yoki .rtf formatida yozilgan boʻlishi kerak.

Esse yozishga qoʻyilgan talablar:

  • Esse rus tilida yozilish kerak.
  • Esse hajmi 5 betdan oshmasligi kerak.
  • Esse shrifti – Times New Roman;
  • Kegl — 14;
  • Satrlar orasidagi interval — polutornыy;
  • Abzaslar oldidan qoldiriladigan joy – 1,25 sm;
  • Matn atrofida qoldiriladigan maydon: tepadan – 2 sm, pastdan – 2 sm, chapdan – 3 sm, oʻngdan – 1 sm.
  • Boshqa format (dastur)da yozilgan esselar koʻrib chiqilmaydi.

Nomzodlar yozgan essesi, oliy taʼlim tizimini qanday tasavvur qilishi va matnning originalligiga koʻra saralanadi.

Natijalar 2019-yil 1-mayda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: grant@kursar.ru

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!