×

Talabalar uchun Osiyo Taraqqiyot Bankida haq to’lanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

30.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Filippin

O'QILGAN

3275 marta

Asian Development Bank (Osiyo Taraqqiyot Banki – ADB) tomonidan tashkil etilgan amaliyot dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur iqtidorli va shijoatli talabalarga nufuzli bankda amaliyot o’tash va ADB banki uchun bo’lajak kadrlar bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan. Amaliyot dasturi magistratura va doktorantura talabalari uchun mo’ljallangan, va 8 haftadan 26 haftagacha davom etishi mumkin. ADB banki amaliyot o’tash mumkin yo’nalishlarni e’lon qilgan, nomzod esa ulardan o’zi xohlaganiga ariza topshirishi mumkin. Amaliyot joyi ham qaysi yo’nalish tanlanganidan kelib chiqib Tayland, Filippin, Kambodja yoki Vetnamda bo’lishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturiga qabul qilingan talabalarga 8 haftagacha stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori amaliyot joyiga qarab belgilanadi. 8 hafta (56 kun) davomida stipendiya olgach, amaliyotni davom ettirish amaliyotchining ixtiyorida bo’ladi. 8 haftadan uzoq davom etgan amaliyot uchun stipendiya qo’shib berilmaydi.

Amaliyotchi oziq-ovqat, transport va turar joy xarajatlari va tibbiy sug’urta xarajatlari uchun o’zi mas’ul bo’ladi. Belgilangan stipendiyani shu maqsadlarda sarflash ham mumkin. ADB tomonidan aviachipta xarajatlarini qoplash uchun cheklangan miqdorda moliyaviy ko’mak berilishi ham mumkin.

Talablar:

  • Nomzod amaliyot boshlanishidan oldin ham, keyin ham ADB’ga a’zo davlatlardan birida joylashgan oliy ta’lim muassasasi magistratura yoki doktorantura talabasi bo’lishi kerak.
  • Nomzod ADB faoliyat yuritadigan yo’nalishlardan biriga aloqador yo’nalishda tahsil olayotgan bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan vazifa bo’yicha yaxshi tajribaga ega bo’lishi zarur. Dasturga ariza topshirish vaqtida o’zingiz xohlagan vazifani tanlashingiz mumkin. Barcha vazifalar ro’yxati bu yerda keltirilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil yanvardan boshlanadigan amaliyot dasturi uchun arizalar 2020-yil 30-sentyabrgacha qabul qilinadi. 2021-yil iyundan boshlanadigan amaliyot dasturiga arizalar 2020-yil 1-dekabrdan 2021-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi. Amaliyot o’tash mumkin vazifalar (yo’nalishlar) bu yerda ko’rsatilgan. Dasturga hujjat topshirish uchun bu yerda ariza to’ldiring. Ariza to’ldirishda CV va insho ham talab etiladi.

Dastur to’g’risida murojaatlar bilan bu yerga murojaat qiling. Savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!